Mart qo’ng’izi

Mart qo’ng’izi, mart buzoq-boshi qo’ng’izi (Melolontha aftlict Ball.) — zarar- kunanda qo’ng’iz. Mevali, o’rmon, manzara- li daraxtlarni, sabzavot va b. ekinlarni zararlaydi. M. q. uz. 2,5 sm. Jigarrang, tanasining usti mayda oq rangli tanga- chalar b-n qoplangan. Erkak qo’ng’izlar urg’ochilaridan mo’ylovlari b-n ajra- lib turadi. Tuxumi oq, oval, kattali- gi 4 mm. Lichinkasi oq yoki ochsarg’ish. G’umbagi oqsarg’ish, yozning ikkinchi yarmida g’umbaklari qo’ng’izga aylana- Di, qo’ng’izlari qishlab chiqadi. Mart oyidan boshlab, apr. oxirigacha uchib chiqadi. Qishlab chiqqan qo’ng’izlari 2-3 haftadan keyin daraxtlar tagiga — soya joylardagi tuproqning ustki qatlamiga 1 ta yoki 2-3 tadan 30 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan lichinkalar bir yarim oydan so’ng chiqadi va o’simliklarning ildi- zi b-n ovqatlanib, shu joyida qishlab qoladi. Qishlab chiqqan 1-yoshdagi lichin- kalari po’st tashlab, 2-yoshga o’tadi va mav- sum davomida ko’p zarar keltiradi. M.q. 4 yilda 1 marta avlod qoldiradi. Kurash choralari : M. q.ning daraxt yoki ekinlarni zararlashi aniqlanganda qator oralariga ishlov beriladi, ko’chatlar atrofiga desis (2,5%) preparati (0,7 kg/ ga) sepiladi. Haydash vaqtida tuproq be- tiga chiqib qolgan buzoqboshilar qo’lda terib olib, yo’qotiladi.