Martinu Boguslav
Martinu Boguslav (1890.8.12, Chexiyadagi Polichka sh. — 1959.28.8, Shvey-tsariyaning Listal sh.) — Chex kompozitori va sozandasi, 20-a. milliy kom-pozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya FA a’zosi (1931). Praga konser- vatoriyasida skripka, organ va kompozi- tsiyadan ta’lim olgan (1906-13). 1941— 53 y.lari AQSh shaharlaridagi o’quv yurtlarida dare bergan. Ijodiy uslubi ovozlarning erkin harakatlaridan ibo- rat polifoniya, ritmik o’tkir ohanglar, jo’shqinlik, shuningdek, kuchli kinoyali yumor, qahramo-nona dramatizm va VAZ- min lirikaga asoslangan simfonik ta- fakkurdan tashkil topgan. Ijodida ope- ra (eng mashhurlari: «Juletta», 1938; «Ariadna», 1958 va b.), balet («Ishtar», 1924; «Shpalichek», 1933 va b.), oratoriya («Gilgamesh», 1955) va kantata («Chex rapsodiyasi», 1918; «dala messasi», 1938) janrlari ustuvor o’rin tutadi. Shu b-n birga, «Liditse haykali» nomli simfonik marsiya (1943), 6 ta simfoni- yasi (1942-1953), fortepiano va orkestr uchun 5 ta kontserti (1925-56), qator o’zga partituralari M.ni simfonizmning Yi- rik namoyandasi darajasiga ko’targan. Bularda kompozitor Chex folklori va eng zamonaviy ijodiy uslublarni uzviy bog’lashga muyassar bo’lgan.