Mastaba
Mastaba (Arab. — tosh o’rindiq) — Qad. Misr maqbaralarining nomi. Dastlabki M. qoldiklari mil. AV. 3000— 2800 y.likka oid (Misr). Bu M.lar uyga o’xshatib g’isht b-n krplan- gan qumtepalardan iborat. Ularning yon- lariga ibodat qilinadigan maxsus xona hamda dafn anjomlari qo’yiladigan erto’la ham qurilgan. Keyinchalik M.lar faqat toshdan qurilgan. Ularda ibo- dat qilinadigan hamda marhumning haykalchasi qo’yiladigan xonalar bo’lgan. Ibodat qilinadigan xona devoriga Di- niy va maishiy mavzularda rasmlar o’yib ishlangan. Qad. Misrdagi I va II sulola davrida M.lar fir’avnlar maqbarasi xizmatini o’tadi. III suloladan bosh- lab M.lar o’rniga fir’avnlar o’zlari uchun ehrom (piramida)lar qurdira boshladilar. Zodagonlar shu ehromlar yoniga o’zlari va yaqinlari uchun M.lar qurdirgan. Bunday ehrom va M.lar maj- muasi Misrda ko’p (Giza, Sakkara, Me- dum, Peskum va b.).