«Ma’rifat»

«Ma’rifat» — Toshkentda haftasiga 2 marta chiqadigan ma’rifiy va ijtimoiysiyosiy yo’nalishdagi xalq ziyolilari gaz. Muassislari — O’zR Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim va- zirliklari, O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy qo’mitasi. Dastlab 1931 y. 4 iyulda «Ma- Daniy inqilob» nomi b-n chiqqan. 1938 y. 25 yanv.dan «o’qituvchilar gazetasi» nomi b-n, 1991 y. iyuldan hoz. nomdachiqadi. 1941 y. 1 iyuldan 1946 y. 9 martgacha gaz. vaqtincha o’z faoliyatini to’xtatgan. Gaz. ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni, «ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi»da ko’zda tutilgan masalalar- ni muntazam yoritib boradi. Gaz. turli rukn va sahifalarda mamlakatimizning bugungi ta’lim tizimi hayotidan hikoya qiladigan mav-zularda har xil material- lar e’lon qiladi. Gaz.da yosh avlod ongida milliy istiklol g’oyasini shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbi- yalash mavzui bo’yicha «Milliy istiqlol g’oyasi» rukni tashkil etilgan. Ushbu Ruk- nda berib borilayotgan maqolalar ta’lim xodimlari uchun eng zarur uslubiy man- ba bo’lib xizmat qilmoqda. Gaz. ga turli davrlarda A. Xo’jaxonov, B. Xalilov, I. O’ktamov, H. Ko’rikboev, R. Usmonov, Sh. Maqsudov, A. Dolimov, S. Hakimov va b. bosh muharrirlik qilishgan. 1996 y.dan bosh muharrir — H. Saidov. Adadi 28 mingga yaqin (2003).