Murakkab o’g’itlar
Murakkab o’g’itlar — tarki- bida o’simliklar oziqlanishi uchun za- rur bir necha element (azot va fosfor, azot va kaliy, fosfor va kaliy yoki azot, fosfor, kaliy) bo’lgan va yagona texno- logi k jarayonda olinadigan kimyoviy birikmalar. M.o’.da ballast moddalar bo’lmaydi, ular yuqori kontsentrasiyali oziq elementlarga ega, ularni tashish, saqlash va tuproqqa solish ancha arzonga tushadi va tarkibidagi oziq elementla- rini oddiy o’g’itlarga karaganda o’simlik yaxshi o’zlashtiradi. M.o’. ga ammofos, diammofos, ammoniylashgan superfos- Fat, kaliyli selitra, nitroammofoska, nitrofoska, kaltsiy polifosfati, Su- yuklantirilgan kaliy metafosfati va kaliy, kaltsiy pirofosfati, mochevi- na-fosfatlar, fosfoammomagneziya vab. kiradi. M.o’.da oziq moddalari NPK nis- bati b-n belgilanadi, mas, 1:1:0,5. Oziq moddalarning umumiy mikdorini bilib, o’g’itdagi azot, fosfor va kaliy mikdo- rini topish oson. M.o’.ni hamma turda- gi tuproqlarda har xil ekinlar uchun qo’llash mumkin. O’g’itlarni ishlatish me- ‘yorlari o’g’it tarkibidagi NPK miqdori, o’simlik ehtiyoji va tuproq xususiyatla- riga qarab belgilanadi.