Monorels yo’l
Monorels yo’l — yo’naltiruvchi balkasi (monorelsi) bitta tayanchda yoki estakadada joylashadigan trans- port tizimi; yo’lovchilar tushgan vagon- lar va kJ ortilgan vagonetkalar osma (yakka) rels bo’ylab harakatlanadi. M.y.ning vagonlar monorelsning usti- da va ostida harakatlanadigan xillari bor (raem). Yo’lovchilar M.y. — elektr yuritma, pnevmatik yoki rezinalangan yo’naltiruvchi g’ildiraklar b-n ta’min- lanadi. Shovqinsiz harakatlanadi. Va- gonlarga 120-140 kishi sig’adi. Tez- ligi 240 km/ soatgacha boradi. Yuk M.y. — sanoat korxonalarida sanoat trans- port vositasi (tsex ichida va tsexlara- ro) sifatida ishlatilib, bir necha km gacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Bunda harakat, yuklarni ortish va tushirish ish- lari avtomatik boshqariladi. Vagonet- kalarning yuk ko’tariluvchanligi — 0,2 — 2t (ba’zan, 5 t), tezligi — 2-4 km/ soat. Nisbatan yuqori tezlikka erishish mumkinligi, xarakatdagi xavfeizligi, yo’lni qisqa yo’l bo’yicha o’tkazish mum- kinligi, yo’l yotqizishning joy tanla- masligi, metall kam sarf bo’lishi va energiya yuqori tejalishi, to’la Avto- matlashtirish imkoni borligi tufayli M.y. sanoatda ishlatiladigan, shaharda, shahar atrofida qatnaydigan transpor- tning rivojlangan turi hisoblanadi. Shaharlararo qatnovda havo yostig’idan foydalanib harakatlanish qo’llaniladi. M.y. Germaniya, AQSh, Frantsiya, Yaponiya, Shveytsariya, Kanada, Italiya va b. mamla- katlarda qurilgan.