MOLIBDEN QOTISHMALARI
MOLIBDEN QOTISHMALARI -asosini molibden tashkil qiladigan qotishmalar. Asosan, issiqbardosh kon- struktsion materiallar sifatida ishla- tiladi. VM-1, sm-2 va VM-2 markali M.q. tarkibida 0,1—0,4% gacha uglerod bo’ladi. VM-2 qotishmasidan chiviq, po- kovka va shtampovkalar, VM-1 va sm-2 qotishmalaridan esa chiviq, list va quvurlar tayyorlanadi. M.q.dan tayyor- langan detallar vakuumda yuqori (1800° gacha) t-rali sharoitda uzoq muddat ish- laydi. Bu qotishmalardan 2300— 2500° t-rali gazlar oqimida qisqa muddat (5 min. gacha) ishlaydigan detallar ham tay- yorlash mumkin. M.q.dan tayyorlanadigan himoya qoplamali detallarning havoda yoki boshka oksidlovchi muhitlarda 1200-2000° dagi xizmat muddati — 5-500 soat. Odatda, M.q. yoyli vacuum pechlarda, elektron nurli va garnisaj pechlarda eritib olinadi. M.q. kukun metallurgiyasi usulida olinganda ancha ifloslanadi, natijada texnologik xos- salari (ayniqsa, pay-vandlanuvchanligi) yomonlashadi. Molibdenni legirlash uchun titan (Ti), tsirkoniy (Zr), gafniy (Hf), vanadiy (V) ishlatiladi (0,1 — 1,5%). Legirlov- chi elementlarning ko’pchiligi molibden- ni mo’rtlashtiradi. Titan, tsirkoniy, ni- obiy va b. b-n legirlangan molibdenning issiqbardoshligi ancha yuqori, ammo plastikligi pastroq. Molibdenning plastikliligini oshiruvchi birdanbir element — reniy. Tsirkoniy va titan M.q.ning plastik deformasiyalanuvchan- ligini oshiradi. M.q.ning mexanik pux- taligi t-raga bog’liq. M.q.dan soplolar, uchish apparatlarining qoplamalari, raketa detallari, atom reaktorlarining qismlari, elektrotexnika va Radiotex- Nika sanoatida ishlatiladigan turli de- tallar va b. tayyorlashda foydalaniladi.