Moliya bozori

Moliya bozori — oldisot- Di ob’ekti pul (pulga tenglashtiril- gan qog’ozlar) bo’lgan bozor. Bu bozor- da moliya mablag’larini vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlar; pul mablag’larining uni jamg’arganlardan qarzga oluvchilarga o’tishini ta’min- laydigan bozor in-tlari. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’- ektlari o’z moliyaviy resurslari ni mablag’larga muhtoj sub’ektlarga ta- Klif qiladi. M.b. banklarda, fond bir- jasida va auktsionlarda o’tkaziladi. Moliyaviy bitimlarning xarakte- riga karab, M.b.ni turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik ta- moyili bo’yicha M.b. 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni krndiradi- gan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olina- Di. Bu bozorda mablag’lar kapital sifa- tida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda kapita- li bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti b-n karz- ga berilishidir. Bu bozorda qisqa mud- datli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aktsiya, obligasiya, veksel va b. oldisotdi qilinadi. Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi natija- sida jahon M.b. paydo bo’ldi.