Monogamiya

Monogamiya — har xil jinsli hayvonlar o’rtasidagi munosabat shakli; bitta erkak hayvonning mavsum davomi- da faqat bitta urg’ochisi b-n juftlashi- shi. M.da erkak hayvon ham nael uchun g’amxo’rlik qiladi. Sut emizuvchilarda M. poligamiyata nisbatan kam uchraydi. Odatda, bir mavsumlik M. bo’ri, tulki, bo’rsikda bo’ladi. Odamsimon maymun- lardan gibbonlarda esa bunday juftlik bir necha yillar davom etadi. Monogam organizmlarda jinsiy dimorfizm ku- cheiz namoyon bo’ladi. M. qushlarda keng tarqalgan. Oqqushlar, laylaklar, burgut- larda juftlik bir necha yilgacha, hatto umr bo’yi davom etadi. Jo’ja ochuvchi qushlarda M. b-n bir qatorda poligamiya ham kuzatiladi. Evolyusiya jarayonida M. poligamiyaga nisbatan kuchliroq ixti- soslashgan hodisa sifatida rivojlan- gan. Ba’zan xonakilashtirilgan yovvoyi hayvonlarning erkaklarida bitta urg’ochi organizm b-n juftlashish instinkti yo’qoladi. Mas, tulkilar tabiatda mo- nogam, ammo tutqunlikda boqilganida ularning erkagi bir necha urg’ochilari b-n juftlashadi. M. hasharotlarda ham kuza- tiladi.