Mirsharopov Mirkomil

Mirsharopov Mirkomil (1900.24.12, Avliyoota — 1938.4.10, Tosh- kent) — harbiy arbob, o’zbek divizi- yasi qo’mondoni. Rus-tuzem maktabini tugatgan (1914). 1917 y.da Toshkentga ko’chib kelgan. lik komandirlar kursi- ni tugatgach, uning jangovar hayoti bosh- langan. Xorezm Xalq Sovet Respublik a si (XXSR) harbiy noziri (1921), nozir muovini (1924). M. XXSR da milliy qo’shin tuzishga e’tibor karatdi, Respu- blika hududidan xalqning madaniy me- rosiga oid boyliklarning olib chiqib ketilishini taqikladi. Junaidxon b-n sulh tuzib, «birlik shartnomasi»ni imzolagan (1921.5.11) komissiya tarki- bida bo’lganligi uchun kommunistlar tarafidan boshqa nozirlar qatorida lavozimidan olib tashlandi va Xorazm- dan chiqarib yuborildi. Moskvadagi harbiy akademiyada o’qidi (1925-29). Samarqanddagi alohida O’zbek otliq askarlar polkining komandiri va komis- sari (1929-36). 19tog’li otliq O’zbek diviziyasi qo’mondoni va komissari (1932-35). Mo’g’uliston Xalq Respubli- kasida harbiy maslahatchi (1935). Shim. Kavkaz harbiy okrugi alohida otliq brigadasi qo’mondoni va komissari (1936-37). M. sovet rejimi tomonidan Maykopda qamoqqa olindi (1937.28.10) va Toshkentga jo’natildi. U O’zbek divi- ziyasini milliylashtirish va bu diviziya yordamida O’zbekistonni SSSR tarkibi- dan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblandi. Dast- labki O’zbek diviziyasi tarqatib yubo- rildi va M. boshchiligidagi 16 ta harbiy komandir va ko’plab oddiy askarlar otib tashlandi. Ad:. Matkarimov M., Xorazm Respu- blikasi: davlattuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1983; O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocher- klari, T., 2001.