Miya pardasi
Miya pardasi — umurtqali hayvonlar va odamning bosh miyasi hamda orqa miyasini o’rab turadigan membra- na. Biriktiruvchi to’qimadan iborat. M.p. ustma-ust joylashgan uchta parda- dan iborat; qattiq parda — kalla suya- gining ichki yuzasiga, umurtqa kanali devoriga (orqa miyada) yopishib turadi va tomirlarga boy; to’rparda — yupqa va juda ko’p teshikli bo’lib, uning osti- dagi bo’shliqlarda tiniq miya suyuqligi (likvor) turadi; tomirl i parda —kon- tomir va nervlarga boy yupqa parda bo’lib, po’stloq egatlarining orasiga kirib joylashgan. Parda tomirlari miya suyuqligini chiqarishda qatnashadi.