MAREOGRAF

MAREOGRAF (lot. mare va … graf) — dengiz suvi sathi o’zgarishlarini AV- tomatik tarzda uzluksiz qayd qilib bora- digan asbob. Muqim (stasionar) va gidro- statik xillari bor. Qalqovuchli muqim M.da suvning to’lqinlanishi tufayli qalqovuchning dam balandga, dam pastga ko’tarilib-tushib turishi natijasida (mexanik o’tkazgichlar tizimi yordamida) asbob perosi barabanga kiygizilgan dia- gramma lentasi sirtida siljiydi. Bara- banni soat me-xanizmi harakatlantirib turadi. Pero ana shu lenta sirtiga den- giz suvining to’lqinlanishiga monand egri chiziqlarni kichraytirilgan mas- shtabda chizib turadi. Bunday M. yirik portlarda qo’llaniladi. Gidrostatik M.ning ishi suv ustunining gidrostatik bosimini o’lchashga asoslangan. U ochiq dengizga 200-250 m chukurlikka tushi- rilib, 1 oygacha avtomatik tarzda yozib borishi mumkin; ilmiy ekspedisiyalarda qo’lllaniladi.