Mirzaev Muhammadjon

Mirzaev Muhammadjon (1913.13.8 — Toshkent — 1999.17.5) — bastakor, sozanda (Qashqar rubobi). O’zbekiston xalq artisti (1967). Dastlab T. Ja- lilov, J. Sultanov kabi ustozlardan musiqa sirlarini urgangan. Toshkent kon-servatoriyasini tugatgan (1953). O’zbek davlat filarmoniyasining xalq cholg’ulari orkestrida sozanda (1936— 40), o’zbek ashula va rake ansamblida (1940 y.dan), keyinchalik «shodlik» va «Laz- gi» ansambllarida (1968-73) musiqa rahbari. Qashqar rubobining moxmr ij- rochisi sifatida uning ommaviylashuvi va repertuarining boyishiga katta hissa qo’shgan. Bastakorlik faoliyatida yangicha talqin yullarini kashf etib, uz makta- bini yaratgan san’atkorlardan. O’zbek milliy (ayniqsa, Far-gona—Toshkent) musiqa uslublariga tayanib, lirik va rake kuylari («Dildor I—II», «Bahor valsi», «yangi Tanavor», «tong Mali- kasi», «Dildor o’ynasin» va b.), ashu- la, qo’shiq va yallalar («mehnat ahli», «Ko’zlaring», «surating», «yor istab», «Qachon bo’lg’ay», «yakka bu Farg’onada», «Parvona bo’ldim», «Shirmonoy», «ol- tin sandiq» va b.) yaratgan. M. basta- lagan musiqalar o’zining nafisligi, ohangdorligi, mazmuni va yorqin milliy ruhi b-n ajralib turadi. Kontsert das- turlarida xalq («Yallama yorim»), o’zbek bastakor va kompozitorlari asarlari («Ko’rmadim», D. Zokirov, «lirik kuy», T. Jalilov va b.)ni mahorat b-n, kuylar- ga ustalik b-n sayqal berib ijro etgan. Ug’li — Shavkat M. (Muxammedov) — so- zanda (Qashqar rubobi) va bastakor. Uz- bekistonda xizmat kursatgan artist, «Do’stlik» ordeni b-n mukofotlangan (2000). «Uzbeknavo» davlat birlashmasi- da sozanda.