Mikser

Mikser (ing. mixer — aralashtir- gich) — 1) maishiy M. — sovuq ichimli- klarni tez aralashtirish, kokteyllar, kremlar, xamir, pyure va b. tayyorlash uchun ishlatiladigan elektr asbob. M. kofe, yong’oq, shokoladlarni maydalay- digan moslamalar b-n ham jihozlangan bo’lishi mumkin. M. ichida kollektorli elektr dvigatel va qopqoqli polietilen yoki shisha stakanlar joylashgan plast- massa korpusdan iborat; 2) metallurgi — yada — metall eritish pechidan chiqqan suyuq cho’yan yig’iladigan, ichiga g’isht te- riladigan po’lat idish. M.da cho’yanning kimyoviy tarkibi va t-rasi maromiga eta- Di, tarkibi yaxshilanadi (oltingugurt, kremniy va b. aralashmalardan qisman tozalanadi), so’nfa po’lat quyish agregat- larida qayta ishlanadi.