Mintaqa vaqti

Mintaqa vaqti — vaqtni hisoblash sistemalaridan biri. M.v.ga Er yuzasining har biri o’rtacha 15° dan qilib meridian yo’nalishidagi 24 ta mintaqaga ajratish asos qilib olingan. Mintaqalar tartib soni Grinvich meri- diani o’rta meridian bo’lgan mintaqadan boshlab sharqqa tomon 0 dan 24 gacha hisoblanadi. Bir mintaqa doirasidagi hamma joyda bir vaqtda soat bir xil hisoblanadi. M.v. deb shu mintaqaning o’rta meridiandagi o’rtacha Quyosh vaqti qabul qilingan. Xo’jalik va b. amaliy ishlarda qiyinchilik tug’ilmasligi uchun M.v. chegaralari qat’iy meridian bo’ylab emas, ba’zan siyosiy va ma’muriy chegara- lar, daryolar va h.k. bo’ylab o’tkaziladi. M.v. dastlab 1883 y. AQShda joriy qilingan. O’zbekistonda esa unga 1919 y.dan amal qilinadi. Mustaqillikka erishgandan keyin respublikaning bu- tun hududi bir mintaqa — 4mintaqa deb qabul qilindi.