ZAKATALI
ZAKATALI — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1840 y.dan). Zakatali tumani markazi. Katta Kavkaz etaklarida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Evlax — Sheki — Tbilisi shosse yo’li yonida, Evlax temir yo’l tugunidan 152 kilometr shimol-g’arbda. Aholisi 20 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). Oziq-ovqat (meva-sabzavot konserva, tamaki, choy qadoqlash va boshqalar) sanoati korxonalari, mebel fabrikasi, tarix o’lkashunoslik muzeyi bor. Turizm rivojlangan. Zakataliga 1830 yil Yangi Zakatali sifatida asos solingan.