ZAKS NELLI
ZAKS NELLI (1891 — 1970) — nemis shoirasi. 1940 yildan Shvetsiyaga emigratsiyaga ketgan. «O’lim maskanlari» (1947), «G’amgin yulduzlar» (1949), «Kelajakni hech kim bilmaydi» (1957), «Ko’chish va evrilish» (1959), «Tiriklarni izlash» (1971) kabi she’riy kitoblari bor. 1943-44 yillarda liniy mavzuda «Eli» nomli drama yozgan. 1951 yil nashr etilgan. Zaks she’rlarida diniy mavzu, xristianlik motivlariga tayanish, shuningdek, Injilga xos ramzlarni qo’llash asosiy o’rin tutadi. Nobel mukofoti laureati (1966).