ZAKSENXAUZEN
ZAKSENXAUZEN (Sachsenhausen) nemis fashistlarining Potsdam shahri yaqinidagi konslageri. 1936 yilda tashkil etilgan. Lagerda 100 mingdan ortiq mahbus o’ldirilgan. 1945 yil aprelda Sovet Armiyasi tomonidan ozod etilgan. 1961 yilda Zaksenxauzenda xalqaro muzey tashkil qilingan.