Masxara

Masxara (Arab. — hajv, mazax ki- lish) — o’rta asrlar va yaqin o’tmishdagi o’zbek an’anaviy teatrining turi. Ijro- chi ham M. deb atalgan. G’aznaviylar saro- yida (10-a. oxiri — 11-a. boshi) buki M., Alisher Navoiy davrida G’iyos M. degan- lar utgan. 19-a.da Buxoro an’anaviy te- atrida Zarif, tula, Mizrob, Ergash ism- li M.lar Shuhrat qozongan. M.lar maxsus liboslar va buyumlardan foydalanib, yuzlarini bo’yab, ba’zan yuzlariga niqob tortib, boshlariga kulgili qalpoqlar, sallalar, popoxlar kiyib, ayvon, ko’shk yoki maydonlarda hayotdan olingan voqealarni sahnaviy ziddiyatlar va Tim- Sollar shaklida hajv va hazil vosita- lari b-n bo’rttirib aks ettirganlar va tomoshabinlarni kuldirganlar. 18-a.da M. iborasi b-n bir qatorda ijrochi ma’- nosida «masxaraboz», teatr ma’nosida «masxarabozlik» istilohlari qo’llana boshlagan (yana q. Masxarabozlik).