Mashq
Mashq — biror faoliyatni pux- ta o’zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida uni kup marta takrorlash. M. ta’limda ko’nikma va malakalar hosil qilishda muhim o’rin tutadi. M.ning sa- marali bo’lishi uchun unga ongli ravish- da yondashish, shu jarayonni bajarishda mavjud sharoitni hisobga olish, yo’l qo’yilgan xato, kamchiliklarni anglash va ularni tuzatish yo’llarini’bilish kerak. Bunda oddiy harakatdan asta- sekin murakkab harakatni bajarish- ga o’tish, takrorlash vaqtlarini to’g’ri taqsimlashning ahamiyati katta. M.da ta- krorlashlar orasidagi vaqt kishini char- chatadigan darajada qisqa bo’lmasligi va aksincha, juda uzoq ham bo’lmasligi kerak. M.lar, odatda, maktabda har bir o’quv fanida, sinfdan va maktabdan tashqi ishlarda o’tkaziladi. Maktabda M.lar o’quvchilarni mu-staqil ishlashga, ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga yor- dam beradi.