Maxsus maktablar

Maxsus maktablar — jismo- niy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalari. Vazi-fasi — rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlardagi nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etib, ularning shaxsiyatini har jihatdan rivojlantirish va amaliy FA- oliyatga tayyorlash. O’zRda M.m. xalq ta’limi tizimida bo’lib, asosan, Xalq ta’limi vazirligi ixtiyorida. Ular maktablarning umumiy tamoyillari asosida tashkil qilinadi, lekin tuzilishi, ta’limtarbiya metod- lari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday maktablar maxsus o’quv reja va dasturlari asosida ishlaydi. Eshi- tish, ko’rish qobiliyati va akli zaif bo- lalar uchun alo-hida darsliklar tuzila- Di. M.m.da ta’lim oliy ma’lumotli baka- lavrdefektolog, Defektologiya yo’nalishi bo’yicha magistr (surdopedagog, tiflo- pedagog, oligofrenopedagog, logoped) tomonidan amalga oshiriladi. M.m.da o’quvchilar umumiy ma’lumot olish b-n birga hunar ham o’rganadilar. M.m. bola- lar va o’smirlardagi nuqsonlarga qarab har xil turlarga bo’linadi va o’ziga xos ta’lim metodlaridan foydalanadi (q. Yordamchi maktab, karlar maktabi, ko’rlar maktabi).