Mastak
Mastak (Lolium L.) — g’alladoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki yil- lik yoki ko’p yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda ko’p yillik M. (L. regep- pe), ko’pgulli M. (L. multifl orum), zaharli M. (L. temulentum) kabi Z turi uchray- Di. Zaharli M.ning poyasi bir nechta, bug’doyning poyasiga o’xshash bo’g’imlangan, ichi kovak, bo’yi 40-80 sm. Bargi ensiz, qalami, eni 1-4 mm, usti g’adir-budir, orqasi silliq. Har bir poyaning uchida bittadan, uz. 10— 20 sm boshog’i bor. Boshoqchalari qiltanokdi, boshoq o’qiga yopishib turadi. May—iyun oylari- da gullab urug’laydi. Bug’doy, arpa va 1 zig’ir orasida o’sib, ular b-n barobar pishadi. Bahorikor erlar, bog’va maysa- zorlarda o’sadi. Urug’ida Markaziy nerv sistemasiga kuchli ta’sir qiladigan zaharli alkaloidlar (0,25 — 0,48%) bor. Mollar esa halok bo’ladi, cho’chqaga esa ta’sir qilmaydi, aksincha, uni semirti- radi. M. urug’i aralashgan dondan tayyor- lanadigan non eki ovqatni egan odam ham zaharlanadi.