Meye (Meillet) Antuan
Meye (Meillet) Antuan (1886.11.11, Mulen — 1936.21.9, Shatomeyan) — frantsuz tilshunosi. Peterburg FA mux- bir a’zosi (1906), Parij lingvistik jamiyati kotibi (1906-36), Parij- dagi Slavyanshunoslik i. t. in-ti tash- kilotchisi va shu in-tning ilmiy jur. muharriri. Tilshunoslikda ijtimoiy yo’nalishning asoschisi. Uning fikri- cha, til nutqiy faoliyatining ijtimoiy mahsuli, binobarin, til-shunoslikning asosiy vazifalaridan biri jami- yat qurilishidagi o’zgarishlarning til qurilishidagi o’zgarishlarda aks etishi- ni o’rganishdir; til ayrim shaxslarga qarashli bo’lishi barobarida, eng avvalo, ijtimoiy hodisa; turli mamlakatlar olimlarining hamkorligi tilshunos- likning taraqqiyotini belgilaydigan omillardan biri. M.ning «Jahon til- lari» nomli asari e’lon qilingan (M. Koen b-n hamkorlikda, 2nashri 1952 y.da). «Hindevropa tillarini qiyosiy o’rganishga kirish» (1903), «tarixiy til- shunoslikda qiyosiy metod» (1925), «Ger- man tillari guruhining asosiy xususi- yatlari» (1925) kabi asarlari rus tilida chop etilgan.