Mezrob
Mezrob, Mizrob (Arab. — urish quroli) — musiqada torli sozlarni Cher- tib yoki tirnab chalishda qo’llaniladigan maxsus moslamalar nomi. M. turli shakllarda (odatda, uchi ingichkalash- gan, o’tkir) bo’lib, yog’och, qattiq teri, suyak, hayvon shoxi, metall, so’nggi davr- da plastmassalardan yasaladi. O’zbek va tojik tanburchilari barmoq uchiga kiyiladigan noxukdan, uyg’ur tanbur- chilari po’lat simdan foydalanishadi. O’tmishda sozandalar tanburni o’ng qo’l ko’rsatkich barmog’ining o’stirilgan tirnog’i yordamida ham chertishgani ma’- lum. M.li cholg’ulardan ud, qonun, ru- bob, tor, soz, mandolina, gitara va b.da qo’llaniladigan moslamalar hozirda mediator, plektr deb ham yuritiladi. M. so’zi ba’zan maqom nomlariga qo’shilib, tanbur (yoki boshqa ayrim sozlar)ni ana shu maqomga moslab sozlanishini ham bildiradi. Mac, M. i rost, M. i Navo va h. k.