Melodika
Melodika (Yun. melodikos — ohangdor) -1) kuy (melodiya) haqidagi ta’limot, dastlab Yunonistonda Aristok-sen asoslab bergan («nutq into- nasiyasidan farqli o’laroq, barcha kuylar sof sozdan gan tovushlar tizimiga asos- lanadi»). O’rta aerlarda kuylar (alhon) ning tuzilishi va badiiy jihatlari haqida Sharkda Forobiy, Safiuddin- al-Urmaviy, Jomiy va b., Evropada Av- gustin, Gvido D’Aresso, Tsarlino va b. fikr yuritib, M. ilmini o’ziga xos ravishda davom ettirishgan. J. F.Ramo gomofoniya uslubidagi kuylarning gar- moniyata bog’liqligini ta’kidlab, M. masalalarini ko’proq kompozisiya va gar- moniya nuqtai nazaridan o’rganishga asos solgan (Russo, I. Mattezon). 19— 20-a. larda A. Marks, X. Riman, E. Kurt, B. Asafev, L.Mazel, M. Aranovskiy, B. Sabolchi va b. zamonaviy M. ta’limo- tining rivojiga katta hissa qo’shgan; 2) muayyan musiqa asari, kompozitor ijodi yoki musiqa uslubiga xos kuy xususiyat- lari (mas, o’zbek xalq, qo’shiqlarining M.si, Betxoven M.si va h.k.).