MENGLI-GARAY

MENGLI-GARAY (? — 1515) — Qrim xoni (1468-1515). Garaylar sulola- sidan. Qrim xonligi asoschisi Hoji- Garayning kichik o’g’li. Taxtga Hoji- Garayning katta o’g’li nur-Davlat o’tirishi kerak edi, lekin mahalliy xalq va Kafa sh.dagi genuyalik Kolo- nistlar M.-G.ni qo’llab-quvvatlashgani uchun u taxtni egallagan. U xonlik poy- taxtini Solxat (hoz. Eski Qrim) sh.dan Boqchasaroy sh.ga ko’chirgan. Hoji-Garay davrida Qrim xonligi Oltin O’rdadan uzil-kesil ajralib chiqqan (1443), ammo M.-G. davrida Turkiyaga qaram bo’lib qolgan (1475 y.dan). M.-G. Katta O’rda xoni Ahmad va uning o’g’illari b-n uzoq muddat urush olib borgan. Turk sultoni va Moskva knyazi Ivan III b-n do’stona munosabatlari tufayli 1502 y.da Kat- ta O’rda ustidan g’alaba qozongan. M.-G. Polshaga qarshi urushgan va Turkiyaning Moldaviyaga qarshi urushida katnash- gan. M.-G. hayotining oxirlarida uning o’g’illari rus eriga bir necha marta ta- lonchilik yurishlari uyushtirgan.