Menuet

Menuet (Frans. menuet, menu pas — mayda qadam so’zidan) — qad. Fran- suz xalq raqsi. 17-a.dan boshlab (lyudo- Vik XIV saroyida ) bal raqsi sifatida mashhur bo’lib, «qirollar raqsi» hamda «raqslarning qiroli» nomlariga sazovor bo’lgan. Tez orada butun Evropa mamla- katlarida keng tarqalgan. Vazmin, xush- muomala xarakatlardan iborat. Musiqa o’lchovi 3/4. Keyinchalik kompozitorlik musiqa ijodida rivoj topib, opera va balet (ilk namunalari — J. B. Lyulli), kamer-cholg’u musiqa janrlari — syuita (Paxelbel, I. S Bax, G. Gendel), Sona- ta (I. Gaydn, V. Mosart) hamda simfoniya (Mangeym maktabi, I. Gaydn)ga kiritil- gan. Shuningdek, J. Vize, P. Chaykovskiy, K. Debyussi, M. Ravel, B. Bartok, S. Prokofev, I. Stravinskiy, A. Shyonber- glarning turlicha M.lari mashxur.