METASOMATIK TOG’JINSLARI

METASOMATIK TOG’JINSLARI — metasomatizm natijasida hosil bo’lgan tog’jinslari. Joylashish sharo- itlari, hosil bo’lish t-rasi va gidroter- mal jarayonlarning bosqichlariga qarab M.t.j.ning turli guruhlari farq Kili- nadi. Yuqori t-rali dastlabki ishqoriy bosqichdagi mahsulotlarga magneziyli va ohaktoshli skarnlar kiradi, ular, odat- da, granit va sienitlarning karbonatli jinslar b-n kontaktida hosil bo’ladi. Bular b-n magnetitli, boratli, borsili- katli, flogopit rudalari bog’liq. Kislo- tali bosqichga greyzenlar (qalay, vol- fram, berilli rudalanish) va ikkilamchi kvarsitlar (mis, molibdenli rudala- nish)ning vujudga kelishi xos. So’nggi ishqoriy va unga o’tish bosqichiga meta- somatizm mahsulotlari mansub. Vulka- nik oblastlarda propolitlar tarqalgan. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistonda skarnlisheelitli, skarnli-poli-metall, kvars-serisitli metasomatidlar (ol- tinli), kvars-xloritli (mis-forfirli) konlar bo’lgan jinslar va rudali forma- tsiyalar ma’lum.