Mehnat birjasi
Mehnat birjasi — ishsizlar- ni, ish joyini o’zgartirishni istov- chi shaxslarni ishga joylashtirish b-n shug’ullanadigan maxsus davlat muassasa- si. Mehnat bozorining tashkil etilgan va tartiblanib turadigan shakli. M. b. das-tlab 19-a.ning 1-yarmida Germaniya va Angliyada, keyinchalik Frantsiya va b. davlatlarda paydo bo’ldi. 20-a.ning boshlarida Angliyada umummilliy M. b. tashkiloti ta’sis etildi. M. b. bo’sh o’rinlar va ishsizlarni hisobga olib boradi, ishsizlarga nafaqa to’laydi. Ko’pgina mamlakatlarda M. b. kasb- ga yo’llash, qayta ixtisoslashtirish va ishga joylashtirish bo’yicha turli xil xizmatlarni bajaradi. Ularning faoli- yatlari ishsizlarni ish b-n ta’minlash, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tuzilma- laridagi o’zgarishlar b-n bog’liq holda o’zgarib turadigan mehnash bozori ehti- yojini qondirishdan iborat. M. b. bozor iqtisodiyotining muhim unsurlaridan biri. O’zbekistonda M. b.lari 1993 y.dan paydo bo’ldi. Respublikaning tuman va shaharlarida 213 mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman bo’limlari huzurida M. b.larining keng tarmoqli tizimi tashkil etilgan. O’zbekistonda mehnat birjalari ish- sizlarni ro’yxatga oladi, ularni kasbga yo’llaydi, ishsizlik bo’yicha nafaqalar to’laydi, ish izlayotgan fuqarolarni haq to’lanadigan vaqtincha jamoat ishlari b-n ta’minlaydi. 2000 y.da 280,6 ming fuqaro M. b. orqali ishga joylashtiril- Di. Ahmadjon O’lmasov.