METAMORFOGEN KONLAR

METAMORFOGEN KONLAR — tog’jinslari metamorfizmi jarayoni — da yuqori bosim va t-ra sharoitida er po’stining chuqur qismida hosil bo’lgan foydali qazilma konlari. M.k. meto- morfozlashgan va metamorfik konlar guruhlariga bo’linadi. M.k.ning mineral tarkibi ruda saklovchi jinslarning me- tamorfik fasiyalariga xos. M.k. o’zining paydo bo’lgan davridagi ko’rinishini butunlay o’zgartirib, boshqa turdagi foydali qazilmaga aylanadi. Mas, torf metamorfik jarayon ta’sirida past nav- li toshko’mir va antra-tsitga, oxirida esa grafit va olmosga, ohaktosh marmarga, gilli slaneslarga, boksitlar va b. xil tuprokli tog’jinslari o’tga chidamli xom ashyoga, qimmatbaho toshlar (korund, la’l, diaspor, pirofilit, sillimanit, kianit)ga aylanadi. M.k.ni urganish natijasida olmos, la’l, Zumrad, billur va b. qimmatbaho toshlar konini topish imkoni yara- tildi. O’zbekistonda G’ozg’on marmar koni, toshqazigan grafit koni, Angren, Sharg’un kumir konlari, Sharaqsoy ko- rund koni M.k. jumlasiga kiradi.