Kalka jangi
Kalka jangi — Ukrainaning do- nesk viloyatidagi kalka (hoz. Kalchik) da- ryosi irmog’i Kalmius bo’yida rus knyazlari va qipchoq qo’shinlari b-n mo’g’ul qo’shini o’rtasida bo’lgan jang (1223 y. 31 may). Bu jangda Galich knyazi Mstislav Udaloy boshchiligida rus qo’shini va Qipchoqxoni Kotyan (Mstislavning qaynotasi) birga- likda mo’g’ullarning Jebe no’yon va Su- butoy Bahodir boshchiligidagi tuman- lariga (20 ming jangchi) qarshi turgan. Chingizxonning farmoniga ko’ra, Xorazmshoh Muhammadni ta’qib etish uchun jo’natilgan Jebe no’yon va Subutoy Bahodir boshchiligidagi 20 minglik (2 tuman) qo’shin, yo’lida duch kelgan shim. Eron, Kavkazdagi shaharlarni vay- Ron qilib Kavkaz ortidagi dashtlar- ga chiqishgan. Ular o’zaro ittifoq tuz- gan Alan, lazgin, cherkas va qipchoqlar qo’shinini tor-mor keltirishgan. Mo’g’ullardan qattiq zarbaga uchragan qipchoqlar Dashti Qipchoqni tark eta boshlagan. 10 ming qipchoq oilasi Dunay ortidagi hududga, Vizantiya imperiyasi hududiga qochib o’tgan. Qipchoqlarning katta qismi ruslar hududiga, Kiev Knyaz- ligiga qochib kelgan. Qipchoqlar orasida ularning xonlaridan biri Kotyan (qo’ton) ham bor bo’lib, u kuyoviga tuya, ot, buqalar, chiroyli cho’rilar berajagini, bularning evaziga esa mo’g’ullarga qarshi kurash- da yordam berishini so’ragan, aks holda, qipchoqlar eriga hujum qilgan mo’g’ullar ruslarga ham hujum qilajaklar deb aytgan. Mstislav Kievda Jan. rus knyazlarining s’ezdini chaqirgan. Unda qipchoqlar b-n hamkorlikda mo’g’ullarga qarshi chiqishga qaror qilingan. S’ezd yordam so’rab Suzdalga ulug’Knyaz Georgiy huzuriga choparlar yuborib, so’ngrazudlik b-n qo’shin to’plash uchun tarqalgan. Kiev knyazi Mstislav, Smolensk knyazi Vla- Dimir va bir necha kichik, mayda Knyaz- lar mo’g’ullarga qarshi chiqib, Dnepr sohiliga kelishgan. Mo’g’ul lashkarbo- shilari ular xuzuriga elchilarini yubo- rib, ruslar b-n qipchoqlar Ittifoqiga barham berishga uringan. Biroq, ruslar elchilar (10 kishi)ni qatl etib, Dneprni kechib o’tishgan va qirg’oqdagi mo’g’ullar ilg’ori boshlig’i Gemabekni asirga olish- gan, uni qipchoklar qatl etgan. Harbiy hiyla ishlatib, atayin chekinayotgan mo’g’ullarni ta’qib etgan ruslar kalka daryosi tomon harakat qilgan, ular kalka- ni kechib o’tishgan. Daryo rus qo’shinining ortida qolganini ko’rgan mo’g’ullar jang- ga hozirlik ko’rishgan. Galich knyazi boshqa knyazlarsiz ham o’zining g’alaba qozonishiga to’la ishongan holda Kiev va Chernigov knyazlarini ogohlantirmay turib 1223 y. 31 mayda jangni boshla- gan. Lekin, qipchoqlar ko’mak berib tur- sada uning qo’shini butkul yanchib tash- langan. Knyaz jangchilarini tashlab, daryodagi qayiqlarini yondirib yuborib, o’zi esa sharmandalarcha qochib qolgan. Rus qo’shinidan atigi o’ndan bir qismi omon qolgan, olti Knyaz halok bo’lgan. Ustiga-ustak qipchoklar jang maydoni- ni tashlab qochayotganlarni o’ldirganlar, ularning otlarini o’lja olganlar. Kiev knyazi bu mag’lubiyatning guvohi bo’lgan, lekin u Daryo qirg’og’idagi tepalikda joy- lashgan o’z qarorgohidan qo’zg’almagan. U qarorgohini mustahkamlashga kirish- gan, lekin, mo’g’ullar fursatni boy ber- may hujumga o’tishgan. Mo’g’ullarning bir qismi rus qo’shinining omon qolgan jangchilarini ta’qib etgan bo’lsa, boshqasi Kiev knyazi qarorgohiga hujum qilgan. Knyaz 3 kun mobaynida mardo- navor kurashgan, biroq, mo’g’ullarga to- xuchar no’yon tumani (10 ming jangchidan iborat qo’shin) yordamga etib kelganini ko’rgach, taslim bo’lishga qaror qilgan. U mo’g’ullardan o’zi, 2 knyazi va kuyovla — rining jonini omon krldirishlarini so’rab, evaziga tovon to’lashini bildir- gan. Mo’g’ullar shartni qabul qilishgan, lekin ularni asir olgach, barchalarini qatl etishgan. Uchta Knyaz sharmanda- li o’limga mahkum etilgan; mo’g’ullar ularni taxta supa tagiga yotqizib ustida zafar bazmi uyushtirganlar. Mo’g’ullar K.j.dan so’ng Rossiya hududiga hech qanday qarshiliksiz bostirib kirishgan. 1380 y.da Oltin O’rda taxtida hukmronlik qilish uchun To’xtamish b-n Mamay o’rtasida ham K. j. bo’lgan. Unda Mamay mag’lubiyatga uchragan. Ad.: Murad adji, Polin polovesskogo polya, M., 1994; Karamzin N. N., Istoriya gosudarstva Rossiyskogo, t. 2-3, M., 1990; D ‘ osson, ot Chingisxana do ta- merlana, Almaati, 1996.