ZAMINDORI
ZAMINDORI 18-asr oxiri 19-asrlarda ingliz mustamlakachilari tomonidan Shimol, Sharqiy va Markaziy Hindistonda joriy etilgan yer soliq tizimi. Yer egalarining yuqori tabaqasi, zamindorlarning merosxo’rlik huquqlarini mustahkamlagan. Mustamlaka hokimiyati yerning oliy egasi hisoblangan. Doimiy Zamindori (mustamlaka hokimiyati foydasiga undiriladigan yer solig’i abadiy qilib belgilangan) va muvaqqat Zamindori (yer solig’i har 20-40 yilda qayta qurib chiqilgan) farqlangan. Hindiston va Sharqiy Pokiston (1971 yildan mustaqil Bangladesh Respublikasi) da 20 asr 50 yillarda o’tkazilgan islohotlar natijasida yer rentasi berish huquqi davlat ixtiyoriga o’tdi, bu bilan yirik yer egalarining ijtimoiy-iqtisodiy mavqei pasaygan.