KASABA UYUSHMALARI

KASABA UYUSHMALARI — mehnatkashlarni jinsi, diniy e’tiqodi, irqiy va milliy mansubliklaridan qat’i nazar i.ch. va noishlab chiqarish sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va o’z a’zolari manfaatlari- ni himoya qilish maqsadida birlashti- ruvchi ommaviy jamoat tashkilotlari. 18-a. oxirida G’arbiy Evropa mamlakat- lari va AQShda o’zaro yordam jamiyatla- ri sifatida paydo bo’lgan. Rivojlangan mamlakatlarda 19-a.da legallashdi. K.u. xodimlarning mehnat sharoiti, ish haqi, turmush, madaniyat va sh.k. sohalardagi manfaatlarini himoya qilishga da’vat etilgan. 14 yoshga to’lgan va mehnat (kasb) faoliyati b-n shug’ullanayotgan har bir kishi o’z xohishiga ko’ra, o’z manfaatlari- ni himoya qilish uchun K.u. tuzish, ularga kirish, K.u. faoliyati b-n shug’ullanish va K.u.dan chiqish huquqiga ega. Eng Yi- rik xalqaro K.u. markazlari: Jahon K.u. federasiyasi (1945 y. Parijda tuzilgan, 80 dan ortiq mamlakat milliy kasaba uyushma markazlarini birlashtiradi, ka- saba uyushma umumiy a’zolarining soni 20-a.ning 90-y.larida 213 mln.dan ortiq bo’lgan), xalqaro erkin kasaba uyushmala- ri konfederasiyasi va Jahon mehnat kon- federasiyasi (1920 y. Vatikan yordamida Xalqaro xristian K.u. konfederasiyasi nomi b-n tuzilgan, 14 mln.dan ortiq a’- zosi bor, qarorgohi Bryusselda). O’zbekistonda K.u.ning huquqiy maqomi O’zR Konstitusiyasi, mehnat ko- deksi, «kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolat- lari to’g’risida»gi O’zR qonuni (1992 y. 2 iyul) va b. bilan belgilanadi. K.u.ga mehnat, unga haq to’lash va b. tayin masa- lalarni hal qilish sohasida huquqlar be- rilgan. K.u.ning ustavlari «O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida»gi O’zR qonunida belgilangan tartibda ro’yxatga olinadi. Barcha K.u. teng huquklardan foydalanadilar. K.u. o’z faoliyatida davlat boshqaruv idora- laridan, xo’jalik idoralaridan, siyosiy partiyalardan mustaqil, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazo- rat qilinmaydi (qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustas- no). K.u.ning huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirili- shiga to’sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. K.u. o’z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning K.u. bilan hamkorlik qilish, o’z xohishiga ko’ra, xalqaro va boshqa K.u. birlashmalariga va tashkilot- lariga kirish huquqiga ega. K.u.ning tuzilishi federalizmga asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha organlar K.u. a’zolari tomonidan say- langan vakillarning yig’ilishlari, kon- ferentsiyalari va qurultoylarida sayla- nadi va ular oldida hisob beradi. K.u. har bir a’zosi saylashi va K.u. organla- riga saylanishi, yig’ilishlar, matbuot va b. vositalar orqali K.u. hamda ma’- muriy organlar faoliyatiga taalluqli masalalarni qo’yishi mumkin. K.u. ishlab chiqarish, tarmoq va hududiy printsi- plar asosida tashkil etiladi. Tarmoq va hududiy K.u. a’zo tashkilotlar sifatida O’zbekiston K.u. Federasiyasini tashkil etadilar (q. O’zbekiston kasaba uyushma- lari federasiyasi Kengashi). K.u.ning asosi — boshlang’ich tash- kilot bo’lib, kasaba uyushmasi a’zola- rining umumiy yig’ilishi uning oliy organidir. Boshlang’ich tashkilot kamida 3 a’zosi bo’lgan joylarda tuziladi. Kun- dalik ishlarni olib borish uchun kasaba uyushmasining guruhlarida guruh tashki- lotchisi, 15 tagacha a’zoni birlashtirgan boshlang’ich tashkilotda tashkilotchi va uning o’rinbosari, 15 va undan ko’p a’zo- ni birlashtirgan boshlang’ich tashkilotda kasaba qo’mitasi saylanadi. Iqtisodiy islohotlar va bozor mu- nosabatlari sharoitida K.u.ni tashki- liy jihatdan mustahkamlash, kuch va mablag’larni birlashtirishga ehtiyoj kuchaydi. Endilikda O’zbekiston K.u. federasiyasi o’z faoliyatini ijtimo- iy sherikchilik asosiga qurmoqda va hukumat, vazirliklar, idoralar, vilo- yat hokimliklari b-n ikki tomonlama hududiy va tarmoq bitimlari tuza bosh- ladi. Mehnatga layoqatli aholini ish b-n ta’minlash, ishsizlikning oldini olish, mehnatkashlarga ijtimoiy xiz- mat ko’rsatish, mehnatkashlar va ular- ning oila a’zolarini sog’lomlashtirish masalalari b-n shug’ullanish K.u. faoli- yatining eng muhim yo’nalishlari bo’lib qoldi. O’zbekistonda K.u. a’zolarining umumiy soni 6.730.545 kishini tashkil etadi (2002 y. apr.). Bundan tashqari, O’zbekiston K.u. Federasiyasiga kirmay- digan «Qizilqumkamyobmetalloltin» kontsernida 65 mingdan ortiq kasaba uyushma a’zosi bor.