Katta ashula
Katta ashula, patnusaki (patnis) ashula — Fargona vodiysiga xos bo’lgan o’zbek an’anaviy ashula yo’li. Odatda, 2-5 hamnafas ashulachi (Hofiz) tomoni- dan cholg’u jo’rligisiz (qo’llariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi. Ko’pincha yuqori pardalarda va keng na- Fasda ijro etilib, o’ziga xos murakkab ijro uslubi b-n ajralib turadi. K.a. qadimiy marosim va mehnat qushiqlari, marsiya, navha, Ayolg’u qo’shiqlari hamda aruz vaznidagi g’azallarning qad. o’qilish uslublari zaminida vujudga kelgan. K.a., odatda, katta yig’in, sayil va to’y-tomoshalarda aytilgan. Uning o’tmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz g’azallar b-n bir qatorda diniy, tasavvuf yo’nalishidagi she’- rlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va b.ning g’azallari K.a. janridan alohida o’rin olgan. Xalq ora — sida «do’stlar» (Navoiy), «ko’p erdi», «Yolg’iz», «Adashganman» (Muqimiy), «Oh kim, rahm aylamas» (Furqat), «bir kel- Sun», «Ey, dilbari jononim» (Miskin) kabi K.a.lar keng tarqalgan. Habibiy, Chustiy, Kamtar, Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Po’lat, Vosit Sa’dulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, o’tkir Rashid va b.ning she’rlari ham K.a.da sevib ijro etila- Di. K.a. ijrochiligida badiha uslubi- dan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar bir- biriga mukammal va uzviy bog’lanishini ta’minlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari b-n boyitadi, turli avjlar qo’llanishiga olib keladi. K.a. ijrochisi an’anaviy «ustoz-shogird» maktabini o’tgan, she’riyat qonunlari va ijrochilik an’analariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega bo’lishi lozim. Hofizlar, odatda, she’r bandidagi boshlang’ich misralar- ning har birini galma-gal, so’nggi mis- ralarni jo’r bo’lib ijro etadilar. 20-a. ning 2-yarmida K.a.ning yangi ashula-cholg’u yo’llari, yakkaxon hofizga mo’ljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namuna- larda cholg’u ansambli hamnafas Hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin US- lub saqlanib qolgan. K.a.ning bu uslubi Jo’raxon Sultonov tomonidan yaratilgan («Ey dilbari jononim», «Ohkim», «Top- madim», «Guluzorim qani», «mehnat axli», «O’zbekiston» va b.). Ayrim maqom sho»balari («Bayot», «Chorgoh», «Ushshoq») ham K.a. («yovvoyi maqom») uslubida ay- tilgan (mas, «yovvoyi Ushshoq», «Pat- nusaki Chorgoh», «likobi Bayot» va b.). Mohir sozandalar K.a.ning cholg’u (nay, surnay, g’ijjak) yo’llarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida K.a. ijrochilik (Qo’qon, Marg’ilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan. Erkaqori Karimov, Sherqo’zi Boyqo’ziev, Haydarali Hikmatov, Meliqo’zi Yusu- pov, O’timboy Sarimsoqov, Turdiali er- Gashev, Otamirza Abdurahmonov (Qo’qon), Mamatbuva Sattorov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjo- Nov (Marg’ilon), Orif Alimahsumov, Ortiqxo’ja Imomxo’jaev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Ot- axonov (Toshkent), Fattohxon Mamadali- eV, Odiljon Yusupov, Jo’raxon Yusupov (Andijon), Hamroqulqori To’raqulov (Beshariq), Rasulqori Mamadaliev (Bu- vayda), Solijon Hoshimov (Quvasoy) va b. K.a. ijrochiligida Shuhrat qozongan. Halima Nosirova, Munojot Yo’lchieva, Ismoil va Isroil Vahobovlar, Mahmud Tojiboev, Mahmud Yo’ldoshevlar ham K.a.ni mahorat b-n ijro etmoqdalar. 1984 y.dan O’zRda K.a.chilarning ko’rik- tanlovlari (Marg’ilon, 1984; tosh- kent, 1987; Ko’qon, 1991; Shahrisabz, 1994) o’tkazilmokda. K.a. ijrochilik yo’llari an’anaviy mahorat maktabla- ri (Baliqchi, Buvayda) va musiqa o’quv yurtlari (Farg’ona san’at bilim yurti, O’zbekiston davlat konservatoriyasi) da o’zlashtirib kelingan. 2001 y. Andi- jonda 1 — Respublika professional K.a. ijrochilari tanlovi va ilmiy-amaliy (Toshkent, Andijon) konferentsiyalari o’tkazildi. K.a. bastakor (F. Sodiqov, «O’zbekiston», «to’y muborak»; M. Mur- tozoev, «Sog’inish» va b.) va kompozitor- lar (V. Uspenskiy, «lirik poema»; M. Tojiev, 3-simfoniya; M. Bafoev, Xalq cholg’ulari orkestri uchun kontsert; B. Umidjonov, a kapella uchun «Chorgoh») ning ijodlariga ozuqa bo’lmoqda. Rustam Abdullaev.