KATTA TUZKON MAKONLARI

KATTA TUZKON MAKONLARI -neolit davrining Kaltaminor mada- niyatiga mansub makonlar. Buxoro vilo- yati, Qorako’l tumani markazidan 40 km shim.-g’arbda joylashgan. Katta Tuzkon- dan 35 makon, kichik Tuzkondan esa 3 ma- kon o’rganilgan. K.T.m.da cho’rtan, zog’ora, laqqa baliqlar, jayran, yovvoyi ot va b. hayvon suyaklari uchraydi. Juda ko’p mikdorda mikrolitlar, paykonlar, romb yoki trapesiya shaklida- gi chaqmoqtosh yaproqchalari, bigizlar va b. topilgan. Kulolchilik charxida ishlan- magan sopol idishlar to’lqinsimon chiziq yoki chuqurcha shaklidagi naqshlar b-n bez- atilgan. K.T.m. qabilalari O’rta Osiyo- ning cho’l va dashtida yashovchi qabilalar b-n yaqin aloqada bo’lgan. Ad.: Gulyamov Ya. G., Islamov U., Aska- rov A., Pervobitnaya kultura i voznik- novenie oroshaemogo zemledeliya v nizo- vyax Zarafshana, T., 1966.