KATTAQO’RG’ON TUMANI

KATTAQO’RG’ON TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 28 sen-t.da tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, Jan.-sharkdan Nurobod, g’arbdan Narpay, sharqdan Pastdarg’om, shim.-g’arbdan Navoiy vilo- yatining Xatirchi tumanlari b-n chegara- dosh. Mayd. 1,47 ming km2. Aholisi 189 ming kishi (2002). Tumanda 2 shaharcha (Suv ombori, Payshanba) va 11 qishloq fuqarolar yig’ini (Girdiqo’rg’on, Durbesh, Kattako’rpa, Kattaming, Ki^ikmindon, Jumaboy, Moybuloq, Omonboy, Saroyqo’rg’on, Yangiqo’rg’oncha, Qo’shtepa) bor. Markazi Payshanba shaharchasi. Tabiati. Relefi, asosan, yassi tekis- likdan iborat bo’lib sharqdan g’arbga ni- shab, o’rtacha bal. 450 m. Shim. Chegarasi bo’ylab Qoradaryo, Jan. chegarasi bo’ylab Oqdaryo kanali oqib o’tadi. Ikki Daryo- dan chiqarilgan Miyonkol, Shavat, Toss, Narpay ariklari asosiy sug’orish man- baidir. Tuman hududida barpo etilgan Kattaqo’rg’on suv ombori («Kattaqo’rg’on dengizi»)ning xo’jalikdagi ahamiyati katta. «Kattaqo’rg’on dengizi»da baliqchilik xo’jaligi tashkil etil- gan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi mo»tadil sovuq. Yillik o’rtacha t-ra 13°, yanv.da -1,9°, iyulda 29,1°. Maksimal t-ra 44°, minimal t-ra -35°. Kuzda dastlabki sovuqlar okt. ning birinchi o’n kunligidan boshlana- Di. Sovuq bo’lmaydigan davr 177 kun. Jan.-Sharqiy va Sharqiy shamollar esib turadi. Yillik o’rtacha yog’in miqdori 282 mm. Yog’inning ko’p qismi bahor va qishda yog’adi. Ba’zan qattiq jala quyadi. Tuproqlari och tusli, oddiy yoki tipik bo’z tuproq bo’lib, azaldan sug’orib ke- lingan. Yovvoyi o’simliklardan kampir- chopon, eshakmiya, g’umay, semizo’t, sho’ra, ituzum, chitir, oqquray, karrak, yantoq, yalpiz, na’matak, chirmovuq va b. o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, quyon, chiyabo’ri, jayran, jayra; qushlardan so’fito’rg’ay, qirg’ovul, loyxo’rak, chumchuq, chug’urchiq, zarg’aldoq, tustovuq, o’rdak, mayna, sudraluvchilardan gekkon kalta- kesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, kemiruvchilardan ko’rsichqon, kichik qo’shoyoq, qumsichqon, kalamush, sichqon, yumronqoziq, Qunduz va b. uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar; shuning- dek, tojik, rus, tatar, qozoq, koreys, ar- man va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 128,6 kishi (2002). Shaharliklar 25,6 ming kishi, qishloq aholisi 163,4 ming kishi (2002). Tuman xo’jaligi, asosan, q.x.ga IX- tisoslashgan. Sanoat, qurilish, trans- port, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo’jaliklari paxtachilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, g’allachilik, poliz- chilik, tokchilik, chorvachilik b-n shug’ullanadi. Tumanda qo’shma korxona, kichik korxona, aktsiyadorlik jamiyatla- ri, xususiy, shirkat korxonalari mav- jud. Hunarmandchilik, qandolatchilik va b. rivojlangan. Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy sh.laridan Toshkentga qatnovchi avtobuslar o’tadi. K.t. markazi- dan viloyat ichidagi yo’nalishlar bo’yicha avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Q.x.ning etakchi tarmog’i — Paxtachi- lik. Q.x.da sug’oriladigan erlar 25 ming 978 ga, shu jumladan, 13400 ga erga paxta, 8918 ga erga g’alla ekiladi, shuningdek, sholi, beda, poliz, sabzavot ham etkazila- Di. 22 ming ga erda o’rmon xo’jaligi joy — lashgan, 100 gaterakzor. K.t.da 22 shirkat xo’jaligi, 343 dehqon-fermer xo’jaligi bor. Shulardan, «Kattaqo’rg’on» parran- dachilik aktsiyadorlik jamiyati, «Oriyon» parrandachili k fermer xo’jaliklari unumli ishlamokda. Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida 55 ming 766 qoramol, 30 ming 826 qo’y va echki, 389 ming 625 parranda boqiladi (2002). 2001/2002 o’quv yilida tumanda 97 umu- miy ta’lim maktabi bo’lib, qariyb 50 ming o’quvchi ta’lim oldi. Shuningdek, kasb-hunar maktabi, liseyi, kolleji, musiqa maktablari faoliyat ko’rsatadi. 58 kutubxona, 23 madaniyat uyi, 3 muzey mavjud. 560 o’rinli kasalxona va b. tibbiy muassasalarda 198 vrach, 828 o’rta ma’lu- motli tibbiy xodim ishlaydi. «Kattaqo’rg’on haqiqati» tuman gaz. 1931 y.dan chiqadi.