Ko’chmas mulk birjasi

Ko’chmas mulk birjasi, Respu- blika ko’chmas mulk birjasi (RKMB) — ko’chmas mulk savdosi b-n shug’ullanadigan yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. O’zR Vazirlar Mahkamasining 1994 y, 29 apr. dagi qarori b-n tashkil etilgan. Asosiy vazifasi davlat mulklarini ochiq auktsi- on, tanlov va birja savdolari orqali Xu- susiylashtirish, zavonaviy ko’chmas mulk bozorini yaratish, mulkdorlar sinfi- ni shakllantirish. Markaziy boshqaruv idorasi Toshkent sh.da. Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 viloyatda, Toshkent sh.da filiallari bor. RKMB va uning filiallari davlat ob’ektlarini ochiq savdolar orqali xususiylashtirish, re- spublikada yaxlit ko’chmas mulk bozorini yaratish, jahon talablari darajasida ochiq savdolarni tashkil etishni yo’lga qo’yish b-n shug’ullanadi. 2001 y.da RKMB 2101 ta (695 ta kimoshdi, 1389 ta birja, 17 ta tanlov savdolari) savdo tadbiri o’tkazdi. 26168 ta ob’ekt bo’yicha (ko’chmas mulk, qurilishi tug’allanmagan ob’ekt- lar, uy-joy qurish uchun umrbod egalik qilib meros qoldirish xuquqi b-n er maydonlari, uy-joylar, Avto-ulovlar, undiruvga qaratilgan mulklar) jami 14502,8 mln. so’mlik bitimlar qayd etil- gan (2000 y.da 19850 ob’ekt; 8262,5 mln. so’m). RKMB chet el firmalari va kompa- niyalari hamda ularning vakolatxona- lari, barcha xorijlik sarmoyadorlar b-n aloqani yo’lga qo’ygan. Nozimbek Matqosimov.