Kukun metallurgiyasi

Kukun metallurgiyasi — metal- lurgiyattg metall va metallmas kukunlar i.ch. va ulardan buyumlar tayyorlash sohasi. Metall b-n metallmas materi-allar ku- kunidan tayyorlanadigan ma-teriallar metallokeramik qo-tishmalar, metal kukunidan tayyorlanadigan materiallar esa kukun q o -tishmalari deb ataladi. Metall kukunlardan buyumlar tayyorlash prin-tsipini dunyoda birinchi marta 1826 y.da rus metallurglari P.G. Sobolevskiy va V. V. Lyubarskiy yaratishdi; plativa kukunini presslab va pishirib buyum tayyorlashgan. Keyinchalik rus olimi N. N. Beketov 1865 y.da ba’zi me- tallar kukunini olishning nazariy asos- larini bayon kildi. 20-a.ning boshlariga kelib K. m. usullari AQSh, Germaniya, Angliya, Rossiya sanoatlarida qo’llanila boshlandi. Kukunlardan metall materiallar (buyumlar) ishlab chiqarish uchun, dast- lab, metallar yoki metallar b-n metal- lmas materiallarning mayin kukun- lari tayyorlanadi. Metall kukunlari tayyorlashda, asosan, qattiq metallarni mexaniq maydalash, metallarning qattiq birikmalarini (metall oksidlarini) qaytarish, elektroliz, suyuq metallarni purkash usullari qo’lla-niladi. So’ngra kukunlardan dastlabki ma’lum kimyoviy tarkib va xossali aralashma (shixta) tayyorlanadi va undan kerakli buyumning zagotovkasi qoliplarga solib tayyorla- nadi hamda presslanadi, keyin asosiy komponen-tning suyuqlanish t-rasidan pastroq t-Rada, asosan, elektr pech- larda qovush-tirilgan zagotovkalarga sovuqlayin yoki qizdirib qo’shimcha ish- lov beri-ladi. Metallokeramik qotishmalar (kesuv- chi asboblar, Burgilar, shtamplar va b. tayyorlash uchun ishlati-ladigan krtish- malar)dan yasalgan as-boblarning kesish xossalari 1000° da ham saqlanib qoladi. Metallokeramik qotishmalar tarkibiga volfram kar-bidi, titan karbidi va ko- Balt kiradi. Quyish yo’li b-n hosil qilib bo’lmaydigan qotishmalarni ham K. m. usullaridan foydalanib olish mum- kin. Bo’larga g’ovak antifriktsion kukun qotishmalari kiradi! Ular qora va rang- li metallar kukunlaridan tayyorlanishi mumkin. Bu qotishmalardan avtomobil dvigatellarining porshen halqalari, o’z-o’zidan moylanadigan podshipniklar va mashivalarning ishqalanuvchi boshqa detallari tayyorlanadi. K. m. usullari qiyin suyu klanu vch i (suyuklanish t-rasi yuqori) volfram, molibden, tantal, titan, niobiy va b. olishga ham imkon beradi. Buning uchun shu metallarning oksidlari vodorod okimida qaytarilib, kukun holidagi toza metallar olinadi va pressla- nib, briket qilinadi, ular ma’lum t-ragacha qizdirilib qovushtiriladi. Qovushtirilgan metall ikki elektrod orasiga o’rvatilib, elektr toki b-n qizdiriladi, bolg’alanadi yoki prokatla- nadi. Ogir k°tishmalar (80-90% vol- fram, 15-7,5% nikel va 5-2,5 % mis) deb ataladigan krtishmalar ham K.m. usulidan foydalanib tayyorlanadi. Og’ir qotishmalarning solishtirma og’irligi 16,3—17, mexaniq xossalari esa yuqori bo’ladi (q. Volfram qotishmalari). Alsifer ku-kunidan tayyorlangan qotishmalarning magnit kirituvchanli- gi yuqori bo’lganligidan ular magnitoe- lektriklar yasash uchun ishlatiladi. K. m. boshqa usullar b-n hosil qilish mumkin bo’lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan foydali bo’lmagan materiallardan bu- yumlar tay-yorlashga imkon beradi. Mas, keramika b-n metall kukunlaridan k e r m e t -l a r deb ataladigan qiyin suyu- klanuvchi qotishmalar tayyorlanadi. Ker- metlar tarkibidagi metall (mas, temir, nikel, xrom, mis, volfram, marganes va b.) keramika zarralarini bir-biriga bog’lovchi material rolini o’yvaydi. Ke- ramika materiali sifatida metall OK- sidlaridan iborat istalgan keramika- dan foydalanish mumkin. Kermetlarga 70% A10O3 va 30% Sg dan iborat kukun qrtishmasi misol bo’la oladi. Bunday kermet 9000 mn/m2 bo-sim ostida pres- slanib, 1700° t-Rada qovushtirilgandan so’ng u 1500° t-ragacha chidaydi. Kermet- lar texnikaning yuqori t-ralarda chidam- lilik va krvu-shoklik talab etiladigan sohalarida ishlatiladi. K.m. usullari suyukdashtirilganda bir-biri b-n aralashmaydigan metal- lar, mas, volfram b-n misdan kukun qotishmalari tayyorlashga ham imkon beradi. K. m. usullaridan foydalanib, metall tolalardan tolali mettal-lo- keramika deb ataladigan Mate-riallar tayyorlanadi.