Kukuta

Kukuta — Kolumbiyadagi shahar. Shar-qiy Kordilera tog’larining Sharqiy etagida. Shim. Santander de- partamen-tining ma’muriy markazi. Aholisi 479,3 ming kishi (1995). T.y. stantsiyasi. Panamerika shossesidagi transport punkta. Muhim savdo markazi. Poligra- fiya, to’qimachilik, oziq-ovqat sa- noati korxonalari, un-t bor. Kofe va ta-maki etishtiriladigan r-n markazi. K.ning shim.dagi Katatumbo vodiysida neft olinadi. Shaharga 1733 y.da asos solingan. 1875 y.da kuchli zilzi-ladan vayron bo’lib, qayta qurilgan. Kul — 1) organik moddalar (o’tin, ko’mir, torf, o’simlik qoldiklari va b.) yoqilganda yon- may qoladigan mineral qoldiq; kaliyli- fosforli-ohaqli o’git. Qurilish Mate- riallari sa-noatida K.dan tsementning ayrim turlarini tayyorlashda foydala- niladi. Ba’zi ko’mir K.dan germaniy va galliy kabi Nodir elementlar ajratib olinadi. Engil kukun, gigroskopikli- gi past. O’t o’simliklar K. i daraxtlar- nikiga nisbatan K2O ga boy (bug’doy so- monida 9% gacha R2O5,4%gacha Sao bor), marjumak va kungaboqar K.ida kaliy ko’p (25-40%). O’t o’simliklar K.ida 2,5— 8,6%, daraxtlar K.ida 2,0— 7,3%, torf K.ida 0,5—1,2% R2O5 bor, K. tarkibida magniy, oltingugurt, makro — va mikro- elementlar ham bo’-ladi. K.ni asosiy o’g’it sifatida ko’z-gi shudgorlashda (5-6 ts/ga) va vegetasiya davrida (2,5—4 ts/ga) tamaki, zi-g’ir, dukkaqlilar, kartoshka va b.ni oziqlantirishda qo’llash tavsiya eti-ladi. 2) Erysiphales xaltali zamburug’lar sinfiga mansub parazit zamburug’lar qo’zg’atadigan o’simliklar kasallikla- ri. Tok, beda, poliz ekinlari, mevali daraxtlar, tut va b. ko’p zararlanadi. O’simliklarning barg, yosh novda, shox, mevalari va b. organlarida oq g’ubor ko’rinishida paydo bo’ladi. Keyinchalik g’ubor qoramtir tus oladi, ko’pdan-ko’p qora nuqtalar b-n qoplanadi. Kasal mevalar yorilib ketadi va eti chiriy- Di. Qo’zg’atuvchisi konidiyalar yordamida ko’payadi. Qo’zg’atuvchining rivojlanishi uchun 12-20° harorat, havo nisbiy na- mligining 50-80% bo’lishi qulaylik tug’diradi. Hosiddorlikni 25% ga qadar yo’krtishga olib keladi. Boshokli ekin- lar K.i (Erysiphe graminis), ayniqsa, bug’doyga katta zarar etkazadi. Tok K.i yoki oidium — qo’zgatuvchi Uncinula necator — tokning bargi, er usti yashil organlarini zararlaydi, kasallangan uzum g’ujumlari yoriladi, achimsiq hid chiqaradi, oq g’ubor b-n qoplangan holda rivojlanmay qoladi. Qand Lav-lagi K.i yoki erizifoz (E. communis)fl a o’simlik so’liydi, so’ngra qurib qoladi. K. poliz ekinlari (qovun, bod-ring oqpalagi), atirgul, olma va b.da uch-raydi. Kurash choralari : K.ga chidamli na- vlarni ekish; o’simlik qoldiqlarini yo’qotish, fosforli-kaliyli o’g’itlarni solish; fo’ngisidlarni (kolloid ol- tingugurt — 1%, kukun oltingugurt — 25 kg/ga, 1%li Bordo suyukli-gi, ohak-oltingugurt qayvatmasi) qo’llash; o’simlik va mevali daraxtlar, tokning qalin o’sishi va soyala-nib qolishiga yo’l qo’ymaslik (Yava q. Oidium). Norqo’zi Ergashev.