Kuydirgi

Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan o’tkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan ma’lum. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. K. qo’zg’a- tuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Spo- ralar juda chidamli bo’lib, suvda yillab, tuproqda o’n yillab (20-30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin. O D a m g a kasal hayvonlardan — hay-vonni so’yish, go’shtini nimtalash vaq-tida, shuningdek, suv, tuproq, chor- va-chilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, ya’ni hayvonlar b-n bevosita mu-loqotda bo’ladigan kishilarda ko’proq kuzatila- Di. Infektsiya sog’lom odam organizmiga nafas yo’llari, teri va og’iz orqali tu- shishi mumkin. Odamda K.ning o’pkaga, ichakka, teriga zarar etkazadigan va in- fektsiya — qonga o’tib tarqa-ladigan sep- tik xillari uchraydi. Kasallik alomat- lari ham zararlangan a’zolarga qarab turlicha bo’ladi. K.ning teri shaklida K. qo’zg’atuvchisi zararlangan teri orqali kiradi. Bu shaklda yashirin (inkubasi- on) davr 2-3 kun. Terining infektsiya kirgan sohasida dastlab bo’rtma (Papu- la) paydo bo’la-Di, u loyqa yoki qonli suyuqlik b-n to’lgan pufakcha (pusto’la) ga aylanadi. Pufakcha tez orada yorilib, qora qo’tir bo’ladi. Atrofida yangi Pu — fakchalar hosil bo’lib, qora qo’tir kat- talashadi, uning tagida og’rimaydigan shish ko’zga tashlanadi. Odatda, shu jarohatni «kuy-dirgi xo’ppozi» deb ata- ladi. U ko’pincha yuz sohasi, bilak, bo’yin yoki oyoqda bo’ladi. Bunda gavda t-rasi ko’tarili-shi, bosh og’rig’i, darmonsiz- lik, uyqu-sizlik va h.k. kuzatiladi. Ora- dan 2-3 hafta o’tgach, bemor tuzala bosh- laydi. O’p k a K.sida to’satdan isitma ko’tarilib, yo’tal tutadi, qonli balg’am kela-Di, bemorning ko’krak sohasi og’riy- Di, nafas olishi qiyinlashadi. Ichak K.si ovqatdan zaharlanishga o’xshab bosh- lanadi, bemor ko’ngli aynib, qusa-Di, qorni qattiq og’riydi, ichi dam bo’ladi. K.ning o’pka va ichak shakllari juda kam uchraydi. Davolash maqsadida penisi- Lin va K. gammaglobulini qo’llaniladi. Profilaktika maqsadida mollar b-n muloqotda bo’ladigan kasbdagilar: chor- vadorlar, qassoblar, teri oshlovchilar K.ga qarshi vaktsiva b-n emlanadi. Hayvonlarda (ayniqsa, ot, qora-mol, qo’y, echki, bug’u) uchraydi, septisemiya, teri osti to’qimalari va b. ichki or- ganlarga qon quyilishi va infiltrate yig’ilishi b-n kechadi. Inku-Basion dav- ri hayvonlarda 1-3 kun. Hayvonlarga em-xashak, iflos suv va havo, shuningdek, qon so’ruvchi hasha-rotlar, so’va, pashsha va b. orqali yuqadi. Kasallik qo’zg’atuvchi tashqi muhitdan organizmga tushgandan keyin qon va limfaga o’tib rivojlana- Di va umumiy septisemiyani chaqiradi, qonda o’z at-rofida qobiq paydo qilib, ko’p miqdorda toksin ishlab chiqaradi. Tez rivojlanib ko’paygan mikroblar teri osti va b. to’qimalarda shishlar paydo qiladi, toksinlar esa qon tomir- larining o’tkazuvchanligini oshirib, butun ichki organ va to’qimalarda qon quyilishiga olib keladi, qon aylanishi sekinlashadi. Klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 1 -3 kun davom etadi. Mikrobning organizmga qaerdan ki- rishiga qarab teri (korbunkulyoz), ichak formalari bo’ladi. Kasallikni o’tkir holatlarida hayvon bir necha soat ichida (hatto 1 soat ichida) o’ladi. Hay-Vonning burun, og’iz tyoshiklaridan qon aralash ko’pik, orqa tyoshikdan qora rangdagi qon oqadi, harorati 41-42° ga ko’tiriladi, nafas olish va yurak urishi tezlasha- Di, holsizlanadi, ish-Taha yo’qoladi va ko’pincha yotadi. Kasallikning ichak tur- larida oshqozon, ichak organlari faoli- yati bo’ziladi va o’lgandan keyin ham orqa va b. tabiiy te-shiklardan qon oqadi. K. b-n kasallangan hayvonni bilmasdan so’yganda qoni qopqora bo’lib, ivimaydi. Bu kasallik-ka gumon qilingan hayvonni so’yish mumkin emas, chunki organizm- dagi kapsula xolatidagi, tez o’ldirib bo’ladigan mikrob tashqi, kislorodli muhitga tushishi b-n juda chidamli spora turiga aylanadi va tuprokda 100 yilgacha saqlanib qoladi. Tashhis epizootologik, klinik bel- gilarga asosan qo’yilib, lab. tekshiru- viga asosan tasdiqlanadi. Davolash: K.ga maxsus giperimmun qon zardobi, gamma-globulin va anti- biotiklardan penisillin ishlati-ladi. Oldini olish: kasal hayvonlar yakka- lab qo’yiladi, otxona, molxona, qo’yxona, em-xashak, asbob-anjomlar, shuningdek, go’ng dezinfektsiya qili-Vadi. Yaylov- lar haydaladi. K.dan o’lgan hayvonlar kuydiriladi yoki maxsus belgi qo’yib yormasdan ko’milib, ustiga xlorli ohak quyiladi. K. qayd etilgan joylarda sog’lom hayvonlar emla-Vadi. Shonosir Shovohobov, Abdulla Ko’ranboev.