Kuzgi shudgor

Kuzgi shudgor — tuproqning nam ko’p saqlanadigan haydalma qanatini ko’zda yumshatish; kelasi yil bahorida ekinlar ekish uchun erni ko’zda haydash. Bunda tuproqning yuza qatlamidagi strukturasiz qanati tubiga tushib, yuza qanatda struktura bir oz tiklanadi. Tuproq-iqlim va tashqiliy-xo’jalik sharoitlarga qarab shudgorlash usulla- ri hamda turlari o’zgarib turadi. K. sh. dehqonchilikda qadimdan royat muhim ahamiyatga ega bo’lgani sababli «er haydasang ko’z hayda, ko’z haydamasang yuz hayda» xalq maqoli yaratilgan. Hoz. K. sh. erga ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi. Kultivasiya, sug’orish kabi ekinlar parvarishiga qaratilgan tadbirlar shud- gorning ustki qatlamini juda kukun- lashtiradi, pastki qatlam esa 1,5— 1,6 g/ sm3 gacha zichlashadi. Haydalma qatlamda muayyan yumshoqlik (1,1 — 1,3 g/ sm3 ) yaratish uchun er ko’zda shudgorlanadi. K. sh. — zararkuvanda va kasallik manbala- ri, begona o’t urug’lariga qarshi kurash- ning eng ta’sirchan vositasi; er chuqur haydalganda tuproqning yuza qanatidagi zararkunandalarning lichinka va g’umbaqlari nobud bo’ladi, tuproqning chuqur qatlamlarida qishlayotganlari esa er ustiga chiqadi va noqulay sharoit ta’- sirida qiriladi yoki ularni qushlar te- rib eydi. Haydalgan erda kuzgi yog’inlar yaxshi singadi. K. sh. da ko’klamdagi dala ishlari tig’izligi kamayadi, shuning- dek, eng qisqa afotexnika muddatlari- da ekish uchun dalani erta bahor hamda ekishdan oldin tayyorlashga qulay sharo- it yaratiladi. Shuningdek, tuproqda AE- Rob bakteriyalarning hayot faoliyati na- tijasida o’simlik o’zlashtiradigan oziq moddalarning to’planishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. K. sh. muddatini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega; u okt.— noyab.da o’tkazilganda eng yuqori samara bera- Di. O’zbekistonning Jan. zovalarida K. sh. bir oz kechroq ham o’tkaziladi. Bu muddatlarda haydalgan er sug’orma dehqonchilik uchun muhim bo’lgan tuprok- dagi nam zahirasini yaxshi saqlashga, yog’in-sochindan unumli foydalanish- ga imkon beradi. K. sh. da tuproq yaxshi uvalanadi, kesak ko’chmaydi, dala sathi tekis chiqadi. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonning sug’orma dehqonchilik mintaqalarida shudgorlashdan oldin er haydashga tayyorlanadi, ya’ni mavsumiy sug’orish shoxobchalari tekislanadi; ekin poya va qoldikdari yig’ib olinadi, orga- nik o’g’itlarning to’liq yillik miqdori va fosforli o’g’itlarning 70% solina- Di; begona o’tlar ildizpoyasi 15-18 sm chuqurlikda qirqilib, maxsus qurollar b-n tirmalanib, daladan chiqarib tash- lanadi. Tuproq namligi maksimal dala nam sig’imiga nisbatan 40-60% bo’lganda er sifatli haydaladi. Shu- ningdek, yog’in-sochin kam zonalarda er- ning yuza haydalma qatlami ko’zga borib qotib qolgan bo’lsa, haydashdan 8— 10 kun oldin er sug’oriladi va h.k. Ti- pik sur tuproq hamda o’tloqi-botqoqi tuproqli erdar ko’zda 30-35 sm, irri- gasion oqiziqlar qalin bo’lgan o’tloqi tuproklar 40 sm chuqurlikda haydaladi. Shudgorlash sifati, shudgor chuqurligi, tuproqning yaxshi uvoqlanganligi, shud- gor sathining tekisligi va h.k. katta ahamiyatga ega (yana k,.Er haydash). Sobirjon Azimboev.