ZAMONSHOH

ZAMONSHOH (7-1810) —Afg’oniston shohi (1793-1800). Ahmadshoh Durroniyning nabirasi, Temurshohning o’g’li. 1796 yilda Hindistonning ichki ishlariga aralashib boburiylardan Shoh Olamni marathalar qo’lidan xalos etish uchun Dehliga qarab yurgan. Bu harakat Hindistondagi inglizlarni sarosimaga solib qo’ygan. Zamonbobo Dehliga yetib bormay, o’z poytaxti Kobulga qaytib kelganda xalq g’alayon ko’targan. Zamonbobo barakzoi qabilasi boshlig’i Sarafrozxon yordamida taxtga chiqqan edi, lekin 1799 yil u Sarafrozxonni qatl qilishga hukm qilgan, bu bilan taxtga da’vogar ukasi Mahmud tomoniga o’tgan barcha barakzoilarni o’ziga qarshi qo’ygan. Sarafrozxonning o’g’li, barakzoilar rahbari Fathxon, Zamonshohni qo’lga tushirib, ko’zini o’yib olishni buyurgan (1800); taxtga Mahmudshoh o’tirgan.