KOREYA RESPUBLIKASI

KOREYA RESPUBLIKASI, KR (Taehan Minguk) — uzoq Sharqda, ko-Reya ya. o.da, 38-paralleldan Jan.da joy- lashgan davlat. Mayd. 98,48 ming km2. Aholisi 47,904 mln. kishi (2001). Poy- taxti — Seul sh. Ma’muriy jihatdan 9 viloyat (province) va viloyat maqomidagi 2 shahar (Seul va Pusan)ga bo’li-nadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yi-rik shaharlari: Seul, Pusan, Kvanju, inch- xon, Techjon, Ulsan. Davlat tuzumi. Kr — parlamentli respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1988 y. 25 Fev.dan kuchga kirgan. Dav- lat boshlig’i — prezident. U aholi to- monidan umumiy to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylana- Di. Konstitusiyaga binoan, president hokimiyati birmuncha cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — millat Majli- si. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tarixi. Kr 1948 y.da e’lon qilingan. 40 y. mobaynida diktatorlik rejimi hukmronlik qildi. Avvaliga Li Sin Man (1960 y.da ag’darib tashlandi), so’ng Pak Chjon Xi (1979 y.da o’ldirildi) re- jimi hukm surdi. 1980-87 y.larda Chon Du Xvan prezident lavozimida bo’ldi. 1987 y.da o’tkashlgan referendum yangi konstitusiyami tasdiqladi. 1988 y. 25 Fev.da kuchga kirgan mazkur Konstitu- tsiya ko’p bosqichli saylov o’rniga to’g’ri prezident saylovini joriy etdi, par- lamentning huquqlarini kengaytirdi, prezidentning vakolatlarini chekladi, uning lavozimda bo’lish muddatini 7 y.dan 5 i.ga keltirdi, armiyaning siyo- satda qatnashmasligi xaqidagi nizomni Konstitusiyaga kiritdi, matbuot erkin- ligini mustahkamladi. 1992 y. dek.da o’tkazilgan president saylovida demokratik Liberal partiya nomzodi kim en Sam g’alaba qozondi. Uning shiori «barkarorlik sharoitidagi islohotlar» edi. Harbiylarning necha o’n yillik hukmronligidan so’ng birinchi marta fuqaro siyosatchi oliy lavozimiga saylandi. Bu davrda Liberal-demokra- tik islohotlar o’tkazildi. Muxolifat faoliyati parlament doirasidan chetga chiqmasligi belgilab qo’yildi. 1997 y. 18 dek.da bo’lib o’tgan saylovda esa kim De Jung, 2002 y. dek. da bo’lib o’tgan saylov- da ro My Xen prezident etib saylandi. Milliy bayramlari: 15 avg. — K. ozod- ligi kuni (1945); 3 okt. — Davlatga asos solingan kun. O’zR b-n diplomatiya muno- sabatlarini 1992 y. 29 yanv.da o’rnatgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Yangi ming yillik demokratik partiyasi, 2000 y.da tuzilgan; demokra- tik partiya, 1991 y.da tashqil etilgan; Yangi K. demokratik partiyasi, 1985 y.da asos solingan; Birlashgan xalq parti- yasi, 1992 y.da tuzilgan; Birlashgan li- beral demokratlar, 1995 y.da asos so- lingan; demokratik xalq partiyasi, 2000 y.da tuzilgan; Buyuk mamlakat partiyasi, 1997 y.da asos solingan. K. kasaba uyush- malari federasiyasi, 1946 y.da tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari kon- federasiyasiga kiradi. Xo’jaligi. Kr — jo’shqin rivoj- lanayotgan industrial-agrar mamlakat. Keyingi 30 y. mobaynida iktisodiy o’sish sur’ati jihatidan dunyoda oldingi o’rinlardan birini egallab keldi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 34%. Milliy mahsulot hajmi aholi jon bo- shiga 1989 y.gi 4830 AQSh dollaridan 1996 y.da 10 ming dollarga etdi. Yuksak texnologiyalarga asoslangan hamda eks- portga mahsulot tayyorlovchi tarmoqlar va og’ir sanoat ildam rivojlandi. Foy- Dali qazilmalar orasida toshko’mir kon- lari juda katta ahamiyatga ega; temir, rux va mis rudalari, volfram, qalay, oltin, kumush qazib olinadi. Shunga qaramay, zarur sanoat xom ashyosining ko’p qismi chet ellardan keltiriladi. S a n o a t i . Ishlab chiqaruvchi sanoat iqtisodiyotda etakchi o’rinda. Kr kemalar, engil avtomobillar, elektronika va elek- trotexnika, neft, po’lat, to’qimachilik mahsulotlari i.ch. bo’yicha dunyoda oldin- gi o’rinlardan birida turadi. Pxoxan sh.da mamlakatdagi eng katta Metallur- giya kti bor. Bundan tashqari, rangli me — tallurgiya, kimyo, engil sanoat korxonala- ri mavjud. Seul, Inchxon, Tegu, Pusanda ip gazlama, Chxonju va Kvanjuda tabiiy shoyi gazlama, Ulsan va Pusanda kema i.ch. markazlari barpo etilgan. Ko’pdan- ko’p sholi okdash, un tortish, qand-shakar, soyani qayta ishlash, vinochilik, tamaki, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va sh.k. korxonalar bor. Televizor, radio- priyomnik, velosiped, motosikl, Avto- mobil motori, elektrotexnika asbob- uskunalari i.ch. eng yangi texnika asosiga qurilgan. Qog’oz, yog’ochsozlik, binokorlik ashyolari sanoati, uy-ro’zg’or asbobla- ri ishlab chiqaruvchi, hunarmandchilik korxonalari mavjud. Qudratli energe- tika bazasi vujudga keltirilgan (Yi- liga o’rtacha 119 mlrd. kVt-soat). Hosil qilinayotgan elektr energiyaning 50% AESlarga to’g’ri keladi. Mamlakatda aerokosmik sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga kirishil- gan. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, lazer, kompozision materiallar yaratish sohasidagi ilmiy-texnikaviy ishlanma- lar faol yo’lga qo’yilgan. Barcha sohalar gurkirab rivojlanishi tufayli kr korporasiyalari tobora G’arbdagi etakchi kompaniyalarning jiddiy raqobatchisiga aylanib borayotir. Qishloq xo’jaligi. Kishloq va o’rmon xo’jaligida, baliqchilikda aholining salkam 18% shug’ullanadi. Bu tarmoqlar yalpi ichki mahsulotning 8% ni beradi. Q.x. mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining 65% ni qondiradi. Er maydonining 21%ga ekin ekiladi, shundan 50% sug’oriladi. Ko’p joylarda yiliga 2-3 marta hosil olinadi. Dehqonchilikda sholi, arpa va bug’doy, shuningdek, makkajo’xori, soya, kartoshka, batat, ka- NOP, jenshen etishtiriladi. Ko’p miqdordagi don chetdan keltiriladi. Chorvachilik suet rivojlangan, qoramol, cho’chqa, parranda boqiladi, baliq va den- giz jonivorlari ovlanadi. Tog’li joy- larda yog’och tayyorlanadi. Transporti. T.y.lar uzunligi— 7 ming km, avtomobil yo’llari o’z. — 55 ming kmdan ziyod, dengiz savdo Flo- ti tonnaji 11,7 mln. t dedveyt. Dengiz portlari: Pusan, Ulsan, Inchxon, Ma- san, Pxoxan, Mokpxo, Yosu. Seul, Pusan, Teguda katta aeroportlar bor. Tashqi savdosi iktisodiy jihatdan rivojlangan AQSh, Yaponiya, kana- da va Evropa Ittifoqi mamlakatla- riga qaratilgan. Rossiya va MDHdagi boshqa mamlakatlar b-n ham iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Eksportida i.ch. sanoati mahsuloti ustun. Uning 95% ni tayyor maxsulotlar (kemalar, electron tovarlar, televizorlar va b.) tashqil eta- Di. Mineral xom ashyo ham chiqaradi. Chet- dan yoqilg’i, xom ashyo, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari oladi. Pul birligi — vona. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’- rifiy muassasalari. 6-11 yoshdagi bo- lalarning boshlang’ich ma’lumot olishi majburiy. Davlat o’quv yurtlari b-n bir qatorda xususiy boshlang’ich va o’rta maktablar ham bor. Boshlang’ich maktabda majburiy ta’lim joriy etilgan bo’lib, o’qish muddati 6 y., o’rta maktabda 3 y., oshirilgan darajadagi o’rta maktabda 3 y. Magistraturani bitirganlarga il- miy daraja beriladi. 500 dan ko’proq (shundan 400 tasi xususiy) oliy o’quv yurti bo’lib, ularda 1 mln. 390 ming ta- laba o’qiydi, yuzdan ortiq kollej va un-t mavjud, ulardan eng yiriklari: Seul davlat unti (1905), ense, Kyonxi, kon- Guk, Kukmin, koria, Xanguk, Xanyan kabi xususiy un-tlar. Texnologiya in-ti, qon tekshiruv in-ti va b. ilmiy markazlar tashqil etilgan. 1958 y. tuzilgan atom energiyasi boshqarmasi huzurida atom ener-giyasi va tibbiy radiasiya in-tlari ochilgan. Seulda Milliy fanlar aka-de- miyasi, Milliy san’at akademiyasi, bir qancha i.t. in-tlari, Milliy kutubxona, Seul va Koreya un-tlarining kutubxona- lari, Milliy muzey, Milliy ilmiy mu- zey va h.k.lar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Krda 700 ga yaqin kunda- lik gaz. nashr etiladi, ularning taxm. yarmisi Seulda chiqadi. Eng yiriklari: «Tona Ilbo» («Sharqiy Osiyo gazetasi», 1920 y.dan), «Xanguk Ilbo» («koreys gazetasi», 1954 y.dan), «Choson Ilbo» («Koreya gazetasi», 1920 y.dan), «Ken- Xyan Sinmun» («kechki gazeta», 1946 y. dan), «Qoria Gerald» («Koreya xabarchi- si», 1953 y.dan), «koria tayme» («ko- Reya vaqti», 1950 y.dan), «Seul Sinmun» («Seul gazetasi», 1945 y.dan) va b. Ren- xap axborot agentligi 1980 y.da tuzil- gan. «Qorian brodkasting sistem» ra- dioeshittirish va teleko’rsatuv korpora- tsiyasi 1926 y.da tashqil etilgan. Etakchi radiost-yalari: «Krischian brodkasting Sistem», «Kikton Brodkasting Sistem» va «Asia brodkasting Sistem» (asosan, xorijiy uzoq, Sharq mamlakatlariga mo’ljallangan). Adabiyoti. Yapon mustamlakachilari mamlakatdan quvilgach, ko’pgina yozuvchi- lar istiqbolga umid ruhi b-n sug’orilgan asarlar yaratishdi. Li Xa Yun, Kim Gvan Sop va b.ning she’rlarida istiqlol g’oyalari aks etdi. Katta avlod proza- chilari naturalizm va dekadentlik ada- biyoti an’anasini davom ettirdi. 1954 y.dan prozachilarning yosh avlodi etishdi, bo’lar G’arbda rasm bo’lgan «yangi tanqid» oqimi va antiromanizm nazariyasi ta’- siriga juda ham berilgan. Ko’p asarlar urush va yolg’izlikka bag’ishlangan. Li Don Ji va Li Xyon gi asarlarida mi- stisizm hamda «Sharq tafakkuri» o’ziga xosligi g’oyalari aks ettirilgan. 1960 y. o’rtalaridan urush azoblari, inson- ning yolg’izlik hissiyoti, umidsizlik ohanglari ustunlik kila boshladi. 70— 80-y.larda realistik ilg’or an’analar kuchaydi, voqelikka tanqidiy munosabat rivojlandi (kim Ji xa she’rlari), adabiyotda ilg’or tamoyillar paydo bo’la boshladi. Me’morligi va tasviriy san’ati. 1950-80 y.larda jamoat binolari, asosan, G’arbiy Evropa me’morligi US- lubida qurilgan (Seuldagi «Qoria Eyr Layns» aviasiya kompaniyasining bi- nosi). Milliy me’morlik uslublari asosida zamonaviy konstruktsiyalar b-n qurilgan binolar ham uchraydi. (Seul yaqinidagi «Uoker-Xill» oromgoh Mar- kazi). Turar joylarning aksariyati tipo- voy loyihalar asosida quriladi. Kr tasviriy san’atida oqimlar ko’p. Rangtasvirchilardan Kim In Sin, Li Jun Sop va b. evropacha realistic oqimga, kim Xvan gi, nam Gvan kabi ras- somlar, kim yon xak, Chon San bom singa- ri haykaltaroshlar esa modern oqimiga taqlid qiladi. Kim Gi Chkan, Pak Ne Xen ijodida milliy uslub evropacha uslubga hamohang tarzda na-moyon bo’ladi. Amaliy tasviriy san’at an’analari asosida bu- yumlar tayyorlash rivojlangan. Musiqasi. Milliy musiqa san’ati ayrim vatanparvarlar harakati tufay- ligina saqlab qolindi. Xalq xonanda- lik san’atining pxansori deb atalgan turi kr da qayta tiklandi. Musiqali dramaga o’xshash bu turda aktyorlik, ashu- la va raqs uyg’unlashgan. 1945 y.da sim- fonik orkestr tashqil etilgan. Ko’pgina estrada ansambllari ishlab turibdi. Seulda opera truppasi bo’lib, u chet el (asosan, Evropa) spektakllarini qo’yadi. Simfonik orkestrlar va ayrim un-tlar huzurida musiqa kollejlari bor. «Mil- jun», «Ton’yan» drama teatrlari, kichik- kichik teatr truppalari mavjud. Ularga G’arb zamonaviy san’atining ta’siri katta. Chonlar triosi, skripkachi kim yon UK, qo’shiqchilar Xans Chxve, Cho Sumi va b. ijrochilarning nomi dunyoga mashhur. Kinosi. 1946 y. Kr kinematogra- fiyasi vujudga keldi. 40-y.lar oxi- ridagi filmlar, asosan, Vatanni yapon bosqinchilaridan ozod qilishga bag’ishlandi («mudhish tun», «ortikcha odam»). Keyingi yillarda Vatanni bir- lashtirish kinematografiyaning asosiy mavzui bo’lib qoldi. O’zbekiston — kr munosabatlari. Kr 1991 y. 30 dek.da Osiyo — tinch oke- an mintaqasi davlatlari orasida bi- rinchi bo’lib O’zR mustaqilligini tan oldi. O’zbekiston b-n kr o’rtasida 1992 y. yanv.da diplomatiya munosabatlari o’rnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi. Mamlakati- miz rahbari I. Karimovning 1992, 1995, 1999 y.larda kr ga va kr Prezidentining 1994 y.da O’zbekistonga rasmiy tash- riflari chog’ida imzolangan hujjatlar o’zaro hamkorlikning huquqiy poydevo- rini yaratdi. 1999 y.da o’zaro tovar ay- lanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AKSH dollariga etdi. Kr O’zbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr as- bob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy o’g’it olib, O’zbekistonga transport vosita- lari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, bo’yoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, to’qimachilik mahsulotlari yuboradi. O’zbekistonda koreys sarmoyasi ish- tirokidagi 80 ga yaqin korxona bo’lib, ular transport, elektronika, Telekom- munikasiya, aloqa, to’qimachilik kabi sohalarga mansub. «O’zDEU Avto», «O’zDEUelektroniks», «Kabul-O’zbek Kompani LTD», «O’zSamso’ngelektroniks» kabi qo’shma korxonalar shu jumlaga ki- radi. Ular avtomobil, xalq iste’mol mollari, radio elektron maqsulotlar i.ch. b-n shug’ullanadi. To’ytepada va tosh- kentning «Ko’kcha» dahasida qurilgan to’qimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinayotir. Farg’ona va Namangan sh.larida ham shunday korxona- lar barpo etiladi. Shuningdek, Krning 19 ta kompaniyasi O’zR da o’z vakolatxona- sini ochgan. 1994 y.dan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari bo’yicha O’zbekiston-Koreya va Koreya- O’zbekiston qo’shma qo’mitasi ishlab ke- layotir. O’zR tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki kr ning 10 ta banki b-n vakillik munosabatlari o’rnatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida respublika va- zirliklari va idoralari b-n faol aloqa qilayotir. Shu tashqilot yo’li b-n o’zbek yigit-qizlari muntazam ravishda kr da malaka oshirayotir, Toshkent iktisodi- yot un-tida va Moliya in-ti huzuridagi liseyda kompyuter sinflari tashqil etilgan. O’zbekistondagi boshqa lisey va kollejlarni o’quv asbob-uskunalari b-n jihozlash loyihasi amalga oshiri- layotir. Kr maorif vazirligining 1992 y. maydan beri ishlayotgan Toshkentda- gi koreys ta’lim markazida oliy o’quv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yo’lga ko’yilgan. 1993 y. martda Toshkent sharqshunoslik in-tida koreyashunoslik f-ti ochilgan. O’zbekiston jahon til- lari un-tida «koreys tili markazi», Samarqand chet tillar in-tida «koreys tili va madaniyati markazi» ishlaydi. Krning O’zbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar b-n jihozladi. Ikki mamlakat o’rtasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. O’zbek madaniyat va san’at arbobla- ri kr da o’z mahoratlarini namoyish etish, O’zbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini o’tkazish odat tusiga kirib krldi. 1998 va 1999 y.lardagi ana shunday xaftalik doirasida Toshkent- da koreys kitoblari va fotosuratlari ko’rgazmasi, koreys san’at arboblari va rassomlari ko’rgazmasi uyushtiril- Di. Sport turlari va koreys an’anaviy o’yinlari namoyish etildi. Kinofil- mlar ko’rsatildi, nihoyat Alisher na- voiy nomidagi teatrda mashxur koreys ashula va raqs ansambllari katta tomosha ko’rsatishdi.