Kompyuter

Kompyuter (ing. computer — hisoblayman) — oldindan berilgan da- Stur (programma) bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) b-n bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarish- dan tashqari uning funktsiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini ko’rsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruk- TIV-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur ta’minoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanish- ning qulaylik darajasi b-n bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodi- da (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa bo’lgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. So’ngra bu lampa o’rnida tranzistorlar ishla- tilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va b.), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), ESEVM (Rossiya) va b., integrasiya darajasi kat- ta bo’lgan integral sxemalar urnatil- gan shaxsiy K.lar paydo bo’ldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-a. 70-y.lar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning key- ingi avlodlarida mikroelektron va bio — sxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmtacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha ka- maydi. 1981 y. IBM (ay-Bi-em) firma- si shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM b-n PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh («Makintosh») yoki oddiy- gina «maki» deb ataladigan K. ni yara- tishdi. 21-a. boshlarida dunyoda o’nlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha o’n superevm) bo’lgan. K.lar masalalarni echishda foy- dalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni echishda kuchli qurilmalar urnatilgan K.dan, qujjatlarni bosish- da harf bosish qurilmasi bo’lgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan ibo- rat bo’ladi. Kerak bo’lganda bo’lardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) bo’lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Ko’pincha, K. tarkibiga «sichqon» manipulyatori va printer kiritiladi. «Sichqon» ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) bo’lgan qurilma bo’lib, uning yordamida K. ishi- ni osonlashtiradi. Printer esa axbo- rotlarni qog’ozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, to’rt qurilma: boshqarish, prosessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklash- tiradi va boshqaradi. Prosessor K.ning asosiy qurilmasi bo’lib, axborotlarga ishlov beradi, ya’ni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik- mantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydala- nayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashi- nuvi kiritish — ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. K. o’yinlari ham keng tarqalgan. Ular- ning mingdan ortiqxili mavjud; ular yordamida ko’p narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni ortti- rish mumkin (q. Kompyuter o’yinlari). K.ning universalligi axborotni aniq maqsad yo’lida qayta ishlay oli-shiga, inson faoliyatining turli sohalarida i.ch.ni tubdan o’zgartirishga, kishilar- ning ishini osonlashtirishga imkon be- radi. Ob-havoni oldindan aytib berish- da meteostyalar va sun’iy yo’ldoshlardan keladigan axborotlarni yig’ib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay bo’lgan shaklda ifodalaydi (q. Intranet, Inter- net, kompyuter tarmog’i). Ad.: Xol matov T.,Taylaqov N., In- formatika va hisoblash texnikasi T., 2001.