Koinot
Koinot — makon va zamonda BEPO- yon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistema- larini, moddalarning harakati jarayoni- da vujudga keladigan kosmik ob’ektlar- ni (erga qaraganda bir necha mln. Marta katta) o’z ichiga oladi. Olamda sodir bo’ladigan turli hodisalar o’zaro bog’liq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaktga bog’liq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga bo’ysunadigan qonuniyatlarni o’rganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning K.da makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astro- nomiyada, K.ning umumiy tuzilishi, o’tmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada o’rganiladi. Jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichida insoniyat K.ning biror che- garasini o’rgana olgan. I. t. usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, K.ni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq bo’lib borgan. Dastlab, inson o’zi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda ko’zga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda K. deb tushungan. Erning sharsimonligi ma’lum bo’lgandan keyin markazda er va uning atrofida aylanuvchi g’oyat katta osmon gumbazi K. hisoblangan. Beruniy, Ulug’bek, N. Kopernik, J. BRU- no, g. Galiley, I. Kepler, I. Nyuton va b.ning ishlari K. haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob bo’ldi hamda Erning K.dagi vaziyati haqidagi, sayyo — ralarning harakat qonunlari haqidagi va b. fanlarga asos solindi. Quyosh si- stemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. 19-a.da rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astrono- mi F. Bessel va b. olimlar K.ni tadqiq etishda yangilik — yaqin yulduzlargacha bo’lgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning say- yoralarga qaraganda ko’p marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo bo’ddi. Faqat 20-a. 30-y.laridagi- na uning o’lchamlari va tuzilishi haqida umumiy ma’lumotlar olindi. Bu davr- da osmondagi tumansimon spiral va elliptik ob’ektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga o’xshash bir necha o’n milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbot- landi. K.ni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik zondlar, kosmik AP- parat) ning paydo bo’lishi yangi kashfi- yotlarning yaratilishiga olib keldi. Mas, Er, Oy, Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan fazolar haqida ko’pgina yangi ma’lumotlar olindi. Er sun’iy yuldoshlaritshn foydalanish na- tijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik ershunoslik — tabiiy muhit, er resurslari, geogr., geol., oke- anshunoslik va b. masalalarni o’rganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan sistemasi — Metagalaktikank o’rganish muammosi turadi. Astronomik asboblar bizdan bir necha mlrd. yorug’lik yili uzoqlikdagi ob’ektlarni kuzatish imkonini bera- Di. 1963 y.da kashf qilingan kvazarlar bundan xam uzoqda joylashgan. K.ning o’rganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga zid bo’lmay, fan va texnikaning ayni paytda- gi taraqqiyot chegarasini belgilaydi. K.dagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq, K.da o’ta zich ta- biatli («qora o’ra»), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat bo’lgan ob’ekt- lar (neytron yulduzlar) ham bor. Yulduz- lar va galaktikalarning o’ziga xos xusu- siyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadro- si faol galaktikalar). Er materik jismlarining yoshi za- monaviy hisoblashlarga ko’ra, o’rtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yil- dan ortiqni, galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni tashkil etadi. Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi Fi- zik qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari xamda sabablarini o’rganmoqda. Ko’pgina kosmik jismlar va ular sistemalari- ning tarkib topish jarayonlari juda se- kin — millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyaechni o’rgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil bo’lish tarkibi haqidagi ma’lumotlarga asosla- nish mumkin. Ilgari, K.dagi barcha jismlar mas- sasi, asosan, yulduzlarda to’plangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va b.) uning oz- gina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo bo’lishi va taraqqiyotida galakti- kalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar gravitasion linzalar kashf qilindi K. massasining aso- siy qismi galaktikada to’plangan dey- ish mumkin. Galaktikalarning o’zaro uzoqlashishi galaktikalar kachonlardir bir joyda to’plangan o’ta zich jiemdan iborat bo’lganligidan dalolat beradi. Ad.: Agekyan T.A., Zvyozdi, galaktiki, Metagalaktika, 2 izd. M., 1970; Nurit- dinov S.N., Koinot orollari, T., 1978; Nuritdinov S. N., Somon yo’li fizikasi, T., 1989. Mamadmuso Mamadazimov.