Kitobat san’ati

Kitobat san’ati (Arab, kataba -yozish, yozmoq so’zidan) — qo’lyozma Kito- Blarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda (jumladan, O’rta Osiyoda) qo’lyozma kitoblarni bezash juda qadimdan maxd- pliy madaniyat taraqqiyot bosqichlari b-n bog’liq holda shakllangan. Eng qad. kitoblardan «Avesto» qo’lyozmalari; Sug’d tilida yaratilgan «Vessantaraka JATA- ka» asari (uning varaqlari turli mam- lakatlar — Rossiya, Frantsiya, Angliyada saqlanadi); sopol yuzasidagi bitiklar, charm o’ramlari, metall buyumlardagi yozuvlar, qog’oz varaq taxlamalari (tax- tachalar orasiga olib tizimchalar b-n bog’langan turi) va b. O’rta asrlarda umum musulmon yoki Arab tilidagi qo’lyozma an’- analariga asoslangan K.s. to’liq shak- llandi va yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. K.s. hunarmandlar — qog’ozrez, xattot, lavvoh, Mo’zahhib, musavvir, sahhof (muqovasoz) va b.dan iborat Guruh (jamoa) tomonidan bajariladi- gan jarayon bo’lib, O’rta va yaqin Sharq is- lom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan. Qo’lyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xat- tot matnni qog’ozga yozishda maxsus qog’oz- karton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qog’ozga tushirib olgandan so’ng xat yozilgan. Matnni joy- lashtirilishi xattotning mahoratiga bog’liq bo’lgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qog’ozga elimlagan. Ustidan jad- valkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar tortib, mat- nni jadvalga olgan. So’ngra Mo’zahhib suyultirilgan oltin va b. turli ran- glar yordamida qo’lyozmani ziynatlagan va «Shams», «lavha», «sarlavha», «zarvaraq» «xotima» naqshlar b-n bezagan. Bo’sh qoldirilgan joylarga musavvir rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam b-n rasmning asosiy tarhini, shakllar chizig’ini, zaminni, detallarni chizib, so’ng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) bo’yagan. Muqovachi qo’lyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, bo’yoqlar, oltin b-n bo’yalgan) muqovaga biriktir- gan, muqova qopqog’i yog’ochdan ba’zan ku- mushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, o’yma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar b-n bezatilgan. O’rta asrlar (8-12-a. lar)da mutafakkirlar, olimlar asarla- ri, asosan, Arab tilida (Xorazmiyning «Kitobi surat al-arz» — «er tasviri kitobi», 1036; Beruniyning «Osor ul- Boqiya» — «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», 14-a. va b.), keyinchalik (10-19-a.lar) fors tilida bitilgan va rasmlar b-n bezatilgan. Temuriylar davri (1370 — 1506)dan boshlab turkey — o’zbek tilida kitoblar yaratilishiga alohida e’tibor berilgan. Saroy ku- tubxonalari va nufo’zli shaxslar uchun tayyorlangan qo’lyozmalar K.s.ning yuksak namunasi darajasida yaratilgan. Mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari (Firdav- siy, Nizomiy, Dehlaviy, Bedil, Alisher Navoiy va b.) asarlari, bukj allomalar (Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek va b.)ning ilmiy asarlari qo’lyozmalari shu usulda tayyorlangan K.s.ning Nodir durdonalaridir. Ularning aksariyati O’zbekiston FA Sharqshunoslik inti fondida saqlanadi. Jumladan, shoi- ra Nodira buyurtmasiga binoan xatgot Muhammad Yusuf Dabir tomonidan 19-a. da Qo’qonda ko’chirilgan Alisher Navoiy- ning she’rlar to’plami — «Devoni Ali- sher Navoiy» qo’lyozma kitobi ishlangan bezaklariga ko’ra, dunyoda K.s.da yagona nusxadir. Unda musavvir va xattot na- voiy asarlari insoniyatga kuyoshdek nur sochib turishini ramziy tasvirlagan naqshlar mavjud. K.s. 20-a.gacha davom etgan. 20-a. 70-80-y.larida bir guruh olimlar (jumladan, A. Madraimov, Sh. Salimov, 111. Muhammadjonov va b.) sa’y-harakatlari, ijodiy izlanishlari natijasida an’anaviy qo’lyozma kitob yaratish san’ati — K.s. qayta tiklan- Di. Sh. Muhammadjonov K.Sda samara- li ijod qilmokda: «Navoiy lirikasi», «Kalila va Dimna», «Devonu lug’otit turk», «Ipak yo’li hikoyalari» va b. Kito- Blarni K.s. usulida nafis bezaklar, tas- virlar b-n bezatib tayyorladi. Elmira Ismoilova, Abdumajid Madraimov.