Kinotelevizion texnika
Kinotelevizion texnika -tasvirlarni suratga olish, montaj qilish va o’zatish uchun kino va televi- Denie vositalaridan foydalaniladi- gan usullar majmui. Kino va televide- Nie vositalari deganda kinotexnika, televidenie va videoyozuv vositalari- ning uyg’unlashuvi tushuniladi. Ushbu yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: televi- Zion filmlarni to’g’ridan-to’g’ri kinoga olish; televizion tasvirlarni kineskop ekranidan yoki bevosita elektron nurli kamera yordamida yozib olish; videonazo- rat qurilmasi (monitor) va nazorat VI- deoyozuvidan foydalangan holda kinoga olish; kinofilmlarni montaj qilish va ko’paytirishda televideonazoratdan foydalanish; telekinoproektsiyalash (ki- nolentaga tushirilgan filmlarni tele- videnie orqali o’zatish). Ma’lumki, kinotexnika 19-a. 80-y. laridan, televidenie asosan 20-a. bosh- laridan, videoyozuv 20-a. 50-yillari- dan rivojlana boshlagan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Ayniqsa, videofilm yaratish rasm bo’lganidan (O’zbekistonda 20-a. 70-y. laridan) so’ng K. t.ning ahamiyati yanada ortdi. K. t. da ko’p (ikki va undan ortiq) kinokamerali kinotelevizion jihozlar va b. o’ziga xos usullardan foydalaniladi. Kinokamera- larning har qaysisiga ixcham teleuzatish kamerasi ham biriktirilgan bo’ladi. K.t. vositasida bevosita kinolentaga suratga olingan kinofilmlarni ham, videomagnitlentaga tushirilgan video- filmlarni ham, bevosita olinadigan «jonli» tasvirlarni ham televidenie orqali namoyish qilish mumkin. Umuman televizion tasvirlarni ki- nolentaga tushirishning optik, electron nurli va lazerli usullari mavjud. Op- tik usulda suratga olish qurilmalarida tasvirlarni kineskop ekranidan ko’chirish mumkin. Elektron nurli usul- da suratga olish qurilmalarida video — signal o’zgartirib yuboradigan electron nur havosi so’rib olingan (vakuum) ka- merada harakatlanayotgan kinolentaga to’shadi. Vakuum kamera elektron nur- li projektor, lenta tortish mexanizmi va vakuum hosil qiluvchi qurilmadan iborat bo’ladi. Rangli tasvirni lazer nur yordamida 35 mm yoki 16 mm li Len- taga yozib oladigan qurilma ham mavjud. Hozir K. t. sohasida kompyuterlar tex- nikasidan unumli foydalaniladi. K. t. vositalaridan murakkab kinoga olishda, multfilmlar ishlashda, kassetali ki- noni suratga olishda, maxsus dasturlar- ni tayyorlash va b.da foydalaniladi (yana q. Kinotexnika).