«Kengash»
«Kengash» — ijtimoiy-siyosiy ga- Zeta. Toshkent sh.da chiqqan (1917, iyun— sent.). Turkiston musulmonlari Mar- kaziy sho’rosining nashri. «Najot» gaz. ning (1917 y. mart—iyun) o’rniga chop etilgan. Gaz.ga dastlab tarixchi olim za- kiy Validiy, keyinchalik Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan. «K.»Turkiston muxtoriyati g’oyasini keng targ’ib qilgan. Jami 16 soni chiqqan. 1917 y. okt.da «Turon» gaz. b-n birlashib, «Turk eli» nomi b-n nashr etilgan. «Kengash» — taraqqiyparvar adabiy jurnal. 1917 y. Qo’qonda bir guruh ma’rifatparvar muallimlar ta- shabbusi b-n nashr etilgan. Birinchi muharriri — Hamza Hakimzoda Niyoziy. Jur. 2 haftada 1 marta chiqqan. 1-soni- da Hamzaning «Kengash» radifli she’ri bosilib, unda tahririyatning maqsadi bayon qilingan. «K.»ning 1 — soni chiqqach, Hamza mahalliy hukumat tomonidan ta’qib ostiga olinib, jur.dan ketish- ga majbur bo’lgan. Keyinchalik jur.ga M. Rizoiy muharrirlik qilgan. Unda Muhammadjon Xoliqiy, Hakimjon do- mla, Rijoiyzoda, Muhammad Hodi va b.ning asarlari chop etilgan. «K.»ma’ri- fatparvarlik g’oyalarini ilgari surgan. Toshbosmada 400 nusxada nashr etilgan. Jami 6 soni chiqqan.