KVANT ELEKTRODINAMIKA

KVANT ELEKTRODINAMIKA -mapdon kvant nazariyasiiiig elemen- tar zarralarnit elektromagnit maydon b-n o’zaro ta’sirini o’rganuvchi bo’limi. Klassik elektrodinamikaaa elektromag- nit maydonning faqat uzluksiz xossala- ri hisobga olinsa, K.e.da elektromagnit maydonning uzlukli (diskret) xossasi ham e’tiborga olinadi. 1900 y.da M. Plank mutlaq qora jism nurlanishida monoxromatik yorug’lik diskret ener-giya (kvant) holida bo’lishini gipoteza tarzida aytgan. 1905 y.da A. Eynshteyn elektromagnit nurlarning tarqalishi va yutilishi kvantlangan bo’lishini, 1917 y.da esa fotonning nurlanishi va yutili- shi ehtimolligi tushunchasini ifodalab berdi. P. Dirak 1927 y.da nurlanishning kvant nazariyasini yaratdi. P. Dirak ten- glamasi elektronlarning elektromagnit maydoni b-n o’zaro ta’sirlashuvini hal qilib, elektronlarning fotonlarni chiqarishini, tormoz nurlanishni, elek- tron-pozitron juft annigilyasiyasi va b. hodisalarni tushuntirdi. V. Pauli, V. Geyzenberg, E. Fermi va b. olimlar K. e. masalalarini hal qilish uchun bir qancha sxemalarni taklif etdi. Atomlarning g’alayonlanishi, vakuumning qutblanishi ham K. e. ning asosiy masalalari hisoblanadi. Zaryadli zarralar elektro- magnit maydonda bo’lmaganda maydon xossalarini kvant mexanikanit umumiy usullari b-n tahlil qilish mumkin. K. e. Real fizik jarayonlar ro’y be- radigan (to’lqin vektori) vakuumda tek- shirishlar olib boradi. Vakuum holatda maydon eng kam energiyaga ega bo’ladi, unga energiya berilsa, maydon uyg’ongan holatga o’tadi, ya’ni zarralar paydo bo’ladi. Zarralarning paydo bo’lishi va yo’qolishi (boshqa zarraga aylanishi) kvant mexanikada ikkilamchi kvantlash usuli b-n tushuntiriladi. Elektromag- nit nurlanish b-n zaryadli zarralarning o’zaro ta’siri K.e. da zarralarning fo- tonlar yutishi va chiqarishi b-n tushun- tiriladi. Klassik elektrodinamikada tushuntirish mumkin bo’lmagan jismlar- ning issiqlik nurlanishi, rentgen nur- lar sochilishi, atomlarning fotonlar chiqarishi va yutishi, tashqi maydonda elektronlar sochilishi va h.k. masalalar K. e. da muvaffaqiyatli hal qilingan. K. e. zamonaviy fizikaning ko’pgina sohalarida keng qo’llaniladi, u lazer- larnn, termoyadro plazmalarni olish- da, zaryadlangan zarralar tezlatkichlari qurilmalarini hisoblashda asos bo’lib xizmat qiladi.