Kadmiy
Kadmiy (lot. Cadmium), Cd — Mendeleev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tar- tib raqami 48, at. m. 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%), mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%), mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinasion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling bo’yicha elektromanfiyligi 1,7. K.ni 1817 y.da nemis kimyogari F. Shtro- Meyer kashf etgan. Dastlab rux karbo- nat tarkibidan olingani uchun rux ru- dasining yunoncha nomi («Kadmeia») b-n atalgan. Tabiatda rux, qo’rg’oshin va mis rudalari b-n aralash uchraydi. K. — siy- rak element; uning er po’stidagi o’rtacha miqdori og’irlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. K.ning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi Nodir minerallari ma’lum. Sulfid ru- dalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), pi- ritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar or- ganizmida, o’simliklarda ham bor. K. — kumushdek oq, yumshoq, cho’ziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan og’ir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) maos bo’yicha qattiqligi 2, suyukla- nish t-rasi 320,9°, qaynash t-rasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda K.ning sirti yupqa oksid parda b-n qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish t-rasidan yuqori haroratlarda yonib, qo’ng’ir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. K. NS1, H2SO4 da, ayniqsa, HNO, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. K. kislorod, oltingugurt, galogenlar va b. b-n reak- tsiyaga kirishadi. K.ning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. K. mis, rux, qo’rg’oshin rudala- rini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlari- da, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, bo’yoq olish- da, temirni kadmiylashda ishlatiladi. Ad.: Fedorov P. I., Ximiya i texnologiya malix metallov. Vismut i kadmiy, M., 1986.